Sneyder "Oltin to'p" har doim ham munosiblarga nasib etmaydi deb hisoblaydi
23 iyu 12:46
Yangiliklar
Sneyder "Oltin to'p" har doim ham munosiblarga nasib etmaydi deb hisoblaydi
– "Oltin to'p" tilga olinganda, ko'pchilik Uesli Sneyder va 2010 yilni eslaydi – uni yutib olmaganingizdan afsuslanasizmi?
– To'g'risini aytsam, ha, afsuslanaman. Bu men uchun ajoyib yil edi: Chempionlar Ligasi, ikkita ichki unvon va jahon chempionati finali. Borimni berib o'ynaganman. Lekin sovrinni Messi yutdi, u buyuk futbolchi.
Ammo men uchun eng muhimi odamlar meni eslashlari.
– Sizningcha, "Oltin to'p" har doim eng yaxshi futbolchiga berilmaydimi?
– Ha, har doim emas. Bazan mashhurlik yoki klubing darajasi muhim rol o'ynaydi. 2013 yilda Riberi yoki 2020 yilda Levandovski bu mukofotga loyiq edi", – dedi "Inter" va Niderlandiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi.
2013 yilda "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu yutgan, 2020 yilda esa koronavirus pandemiyasi sababli mukofot topshirilmadi. Keyingi yili mukofotni Lionel Messi qo'lga kiritdi, Robert Levandovski esa ovoz berishda ikkinchi o'rinni egalladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar