O'tgan mavsum 1 ta gol urgan APL futbolchisi Shomurodov o'rniga "Roma" hujumchisiga aylandi
23 iyu 13:08
Yangiliklar
O'tgan mavsum 1 ta gol urgan APL futbolchisi Shomurodov o'rniga "Roma" hujumchisiga aylandi
Evan Fergyuson "Brayton"dan "Roma"ga o'tdi
Eldor Shomurodov bilan bir necha yillik hamkorlikdan so'ng uni Turkiya klubiga bergan "Roma" o'zbekistonlik hujumchi o'rniga Irlandiya terma jamoasi hujumchisi Evan Fergyusonni olib keldi. "Bo'rilar" Fergyusonni "Brayton"dan sotib olish huquqi (40 mln. evroga) bilan ijaraga oldi.
Fergyuson "Roma" tarixidagi birinchi irlandiyalik futbolchi bo'ladi. Yangi jamoada Evan 11-raqamni oldi.
Hujumchi o'tgan mavsum "Brayton" safida 23ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar