Pro ligada ham qatnashmaydigan "Turon"ning taqdiri nima bo'ldi?
08 fev 2024 22:00
Yangiliklar
Pro ligada ham qatnashmaydigan "Turon"ning taqdiri nima bo'ldi?
Klub matbuot xizmati bu haqida rasmiy xabar elon qildi:
Avval xabar berilganidek, hozirgi kunda klubimiz moliyaviy qiyinchiliklar girdobida bo'lib turibdi. Mazkur vaziyatda O'zbekiston futbol associaciyasi va Professional futbol ligasi "Turon" jamoamizning kelgusidagi faoliyatini saqlab qolish maqsadida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirdilar. SHundan kelib chiqib hozirgi kunda klubimiz Farg'ona viloyati hokimligi va viloyat futbol associaciyasi qaramog'iga o'tkazildi va moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlanishi belgilab olindi.
Yuzaga kelgan mavjud moliyaviy vaziyatdan kelib chiqib «Turon» klubimiz 2024 yilgi mavsumni Birinchi ligada o'tkazadi. Jamoamiz muxlislari bizni yolg'izlatib qo'ymasliklariga, muntazam qo'llab-quvvatlab borishlariga ishongan xolda kelgusi yillarda klubni avvalgi mavqeyiga qaytarish uchun barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilayotganini malum qilamiz",- deyiladi klub elon qilgan xabarda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar