So’nggi yangiliklar

14:26"Милан" ва "Интер" англиялик вундеркинд учун курашмоқда  0 13:41Синайоко "Манчестер Юнайтед"га ўтади  0 13:11“Гулистон” қайта тикланди. Жамоа олдига юқори мақсадлар қўйилган  7 12:59Горецкага АПЛ клуби даъвогарлик қилмоқда  0 12:21"Арсенал" "Милан" футболчисига қизиқмоқда  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Аталанта" — "Интер" ва бошқалар  0 11:50“Фенербахче” 40 млн евролик трансферни амалга ошириши мумкин  0 11:21Расман: Расул Йўлдошев — "Динамо" футболчиси  4 10:48"Астон Вилла"нинг муҳим футболчилари "Арсенал"га қарши ўйнамайди  5 10:20"Тоттенхем"га Германия МТЖ аъзоси керак  0 09:51"Вулверхэмптон" АПЛнинг антирекордини ўрнатди  0 09:23Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"  4 08:50"Машъал"да нима гаплар? Жамоани бир қатор футболчилар тарк этган  5 08:14Арне Слот: "Виртц "Ливерпуль" учун ҳали кўплаб голлар уради"  1 07:33Эрон ОАВ Сергеевнинг "Сепахон"даги ойлигини маълум қилди  18

“Guliston” qayta tiklandi. Jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan Yangiliklar

“Guliston” qayta tiklandi. Jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan

2026 yildan boshlab “Guliston” futbol klubi Birinchi ligadagi ishtirokini boshlaydi.

Dekabr oyining boshida PFL rahbariyati va viloyat hokimi Erkinjon Turdimov klubning iqtiqboli bo'yicha uchrashishgandi. “Guliston” katta maqsadlar sari harakat qilishni boshladi. 

Natijada viloyat hokimi tashabbusida klub prezidenti lavozimiga Oybek Shodmonqulovich Ashurmatov tayinlandi. Viloyatning sobiq hokimi jamoa Oliy Ligada (hozirgi Superligada) ishtirok etgan vaqtida rahbarlik qilgan edi. Aynan ular klub prezidenti lavozimida ish boshladi. Klub direktori lavozimida “Nasaf” bilan OFK kubogi sohibiga aylangan Jahongir Jiyamurodov taklif etilgan. Bosh murabbiy sifatida mahalliy mutaxassis O'FA instruktori Abbosbek Ergashev, yordamchi sifatida Meksika va Turkiya yashil maydonida o'tkazilgan o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi mundiallar qahramonlaridan biri Abbosbek Mahstaliev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha Zafar Qoraqulovlar ish boshlagan. 

Dekabr oyida yig'in boshlagan gulistonliklar “Sirdaryo FA” (5:0) va “Olimpik-Mobiuz” (3:1) jamoalariga nazorat uchrashuvlarida ishtirok etdi. Hozirda jamoa mashg'ulotlarida Azamat Abdullaev, Shohnazar Norbekov, Muhammad Isaev, Shahzod G'ofurbekov, Azamat Ahmedov, Ixtiyor Toshpo'latov va boshqa o'yinchilarni uchratish mumkin. 

Jamoa selekciya ishlarini davom ettirgan holda tarkibni bosqichma bosqich kuchaytirish vazifasi o'z oldiga maqsad qilgan. Yanvardagi yig'in davomida jamoa nazorat uchrashuvlarida ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Maqsad jamoani bosqichma bosqich Superligaga olib chiqish. Bu yo'lda jamoada katta ishlar olib borilayotganini takidlash mumkin.

Jamoa bosh murabbiyi yig'in va selekciya ishlari bo'yicha quyidagilarni aytib o'tdi. 

“Dastlabki yig'inimizda 40 nafarga yaqin futbolchilar ishtirok etdi. O'ylaymanki, hammasi murabbiylar shtabining rejasidek davom etdi. Selekciya ishlarimiz mavsum startiga qadar davom etadi. Sifatli va jamoaga yordam bera oladigan yigitlarni tanlashimiz kerak. Chunki maqsadimiz katta. Bu yo'lda yaxshi jamoani shakllantirishimiz shart. Qanchadur foiz sirdaryolik yana qanchadur foiz boshqa viloyatlik o'yinchilarni olamiz degan tushuncha noto'g'ri. Klubning o'z qoidalari bor. Birinchi navbatda tartib intizom masalasiga etibor beriladi”, - dedi Ergashev.


Reyting: +3   

Fikrlar

   
28 dek 14:32:19
Akbar Umarov
Baxtiyor Ashurmatov bilan Oybek Ashurmatovlar ozaro qarindosh emaslarmi
   
28 dek 14:30:33
Akbar Umarov
Zor boptida. Ozbekistonda iqtidorli yoshlar tolib yotibdi faqat ularga etborni yanada kuchaytirish takab etiladi
   
28 dek 14:24:30
Soccerland777
Бахтиёр Ашурматовни қайтаринглар. Бир пайтлар Гулистонни биринчи лигадан олий лигага олиб чиққанди. Фаолиятини энди бошлаганда
   
28 dek 13:58:15
Алишер_ФКБ
Ashurmatov Oybek Shodmonqulovich 2012 Sirdaryo viloyati xokimi bolgan va shuni davrida Guliston Oliy liga xozirgi supperligada oynagan.
   
28 dek 13:40:06
تعمورخن ومار خجا
Raul gansalez blanko foydalanuvchining fikriga javob berish
Укин бошка дан Шодмонкулович езилган
Endi yozilipdida vich yaniy oʻgʻli Shodmonqul oʻgʻli
   
28 dek 13:37:04
Raul gansalez blanko
Укин бошка дан Шодмонкулович езилган

   
28 dek 13:25:06
تعمورخن ومار خجا
Oybek Shodmonqulov Ashurmatov ???? Kim u ? Bitta shaxsmi yoki ikta bir inson ikta oiyladan boʻlishi mumkunmi???
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика