Ingliz klubi "Barselona" ustidan FIFAga shikoyat qildi
04 sen 2019 10:27
Yangiliklar
Ingliz klubi "Barselona" ustidan FIFAga shikoyat qildi
Angliyaning "Vest Bromvich" klubi "ko'k-anorranglilar" ustidan FIFAga murojaat bilan chiqdi.
Klub FIFAning etiborini 16 yoshli angliyalik hujumchi Lui Barrining "Barselona"ga o'tishi bilan bog'liq qoidabuzarliklarga qaratmoqchi.
Barri iyul oyida "Vest Bromvich" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi va "Barselona"ga yo'l oldi.
Ispaniya klubi FIFA tomonidan klublarga yosh futbolchilarni xarid qilish borasidagi o'rnatilgan tartibga ko'ra 235 ming funt to'lashi kerak.
"Vest Bromvich" shu orqali kompensaciya undirib olmoqchi. Barri Angliyaning16 yoshgacha bo'lgan terma jamoasida 10ta o'yin o'tkazib, 7ta gol urishga erishgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar