So’nggi yangiliklar

21:27Акмал Мозговой Жаҳон чемпионатидаги рақиблар, "Насаф"нинг Элит ОЧЛдаги иштироки ва "Бания" ҳақида гапирди  0 20:55Мусиала 164 кундан сўнг "Бавария"нинг умумий гуруҳида машғулотларида қатнашди  0 20:25Расман: "Аякс" июль ойидан бери клубсиз бўлган "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолади  1 19:58Мирзаҳаким Тўхтамирзаев "Интерфутбол" кўрсатувининг яралиш тарихи ҳақида сўзлаб берди  2 19:36Расман: Ойбек Рустамов — "Насаф" ўйинчиси  3 19:22ПСЖ Мбаппе ишида ютқазди ва йирик миқдорда компенсация тўлайди  1 18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  4 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  2 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  5 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  7 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  1 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  6 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  45

Poytaxt Ligasida yilning eng yaxshilari taqdirlandi Yangiliklar

Poytaxt Ligasida yilning eng yaxshilari taqdirlandi

Yurtimizda ommaviy futbolni rivojlantirish uchun ko'plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu yo'nalishdagi ishlarda ham rasmiy, ham xususiy sektorlar faollik ko'rsatmoqda. 2019 yil bir necha futbol fidoyilar tomonidan tashkil etilgan havaskorlar o'rtasidagi "Poytaxt Ligasi" musobaqasida kuni kecha to'rtinchi mavsum yakuniga etdi. 

Musobaqa tarixida ilk bor 33 ta jamoa 3 ta ligada g'oliblik uchun kurash olib bordi. 

Poytaxt Ligasi tashkil etilganidan buyon xolislik, samimiyat, halollik va albatta adolat asosida o'tkazib kelinadi. Yani, Poytaxt Ligasida adolat doim birinchi o'rinda! Turnirda hech bir ishtirokchining manfaati boshqanikidan ustun qo'yilmagan va qo'yilmaydi! 

Takidlanganidek, kuni kecha musobaqaning to'rtinchi mavsumini eng yaxshilari aniqlandi. Marosimda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hamda "Olimpik" futbol klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze, "Bunyodkor" futbol klubi bosh murabbiyi Ivan Boshkovich, "Lokomotiv" futbol klubi bosh murabbiyi Denis Korostichenko, "Bunyodkor" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Abduhamid Qodirov va Championat.Asia internet portali jurnalisti Faxriddin Ro'ziev ishtirok etdi. 

Ahamiyatlisi, taqdirlash marosimida ishtirok etgan mehmonlar Poytaxt Ligasining falsafasiga har tomonlama mos . Zero, 5 nafar mehmonning hech biri o'zbek futbolida shu kunga qadar o'z ortidan zarracha ham yomon nom qoldirmagan. Timur Kapadze futbolchilik davrida ham murabbiy sifatida ham qing'ir ishlarga aralashmagani bilan doimo muxlislar ardog'ida bo'lib keladi. Denis Korostichenkoning murabbiylik faoliyati og'ir boshlangan bo'lsa-da, nomiga dog' tushirgani yo'q. Aksincha, halolligi sababli yana "temiryo'lchilar" ustoziga aylandi. Ivan Boshkovich va Abduhamid Qodirov adolatni birinchi o'ringa qo'yishi o'laroq o'zlari boshqarayotgan jamoalarning natijalari yaxshilana boshlandi. Jurnalist Faxriddin Ro'ziev haqida ortiqcha gapirishga hojat yo'q. Aynan futbol ichidagi qing'ir insonlarning asl yuzini ochishga harakat qilayotgan yosh, qalami o'tkir jurnalist ukamiz. 

Poytaxt Ligasida ajoyib mavsumning g'olibi "Master" jamoasi bo'ldi. Marraga ikkinchi bo'lib "Qamar" etib keldi. 2021 yilgi chempion "Ansor" esa bu yil bronza medallari bilan kifoyalandi. 

"Master" jamoasi "yuragi" Husniddin Ilyosov – "yilning eng yaxshi o'yinchisi", "S-Family" posboni Mansur Umrzoqov – "yilning eng yaxshi darvozaboni" deya tan olindi. 

Husniddin Ilyosov 35 ta gol bilan to'purarlar poygasida etakchi bo'ldi. "Halol o'yin" sovriniga "FC Wolves" ega chiqdi. Poytaxt Ligasi Kubogida 2-liga vakili "Birlik" jamoasi g'olib bo'ldi.


Poytaxt Ligasi Kubogi finalining eng yaxshi o'yinchisi – Narimon Aliev (“Birlik”)


Poytaxt Ligasi Kubogi g'olibi – "Birlik" jamoasi


"Halol o'yin" sovrini – "FC Wolves" jamoasi


"Xolis xizmatlari uchun" – Elbek Karimov, Islom To'raxonov, Mirjalol Normatov


"Yilning eng yaxshi darvozaboni" – Mansur Umrzoqov ("S-Family" jamoasi)


"Yilning eng yaxshi to'purari", "Yilning eng yaxshi o'yinchisi" – Husniddin Ilyosov ("Master" jamoasi)


Poytaxt Ligasi chempioni – "Master" jamoasi


Poytaxt Ligasi Kubogi finalini ajoyib ruhda boshqargan hakamlar – SHavkat Muhiddinov va Furqat Azizov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика