So’nggi yangiliklar

00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  2 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  3 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  2 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3 21:56Роберто Ди Маттео мураббийлик фаолияти тиклаш ҳақидаги саволга жавоб берди  2 21:31Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди  15 20:55"Барселона" гол уриш бўйича рекорд ўрнатди  0 20:39Килиан Мбаппе Испания Суперкубоги финалида ўйнаши мумкин  1 19:49"Реал" марокашлик футболчиси билан 2030 йилгача бўлган битим имзолайди  2 19:35"Олимпик" ўйинчиларига маошининг ярмидан воз кечиш таклиф қилинмоқда  5 18:49Мбаппе жароҳат олди  7 18:37Жейми Каррагер: "Жезус Дьокерешдан яхшироқ, бу факт"  6 17:51Орлов замонавий шарҳловчилар ҳақида: "Нотўғри урғулар қулоққа ғалати эшитилади. Баъзида ўйиндан жуда катта чалғишлар бўлади. Эфирда кераксиз сўзлар кўп бўлмаслиги керак"  10

Petr Segrt: "Endi yanada ko'prog'ini xohlaymiz. BAAga qarshi o'yinda imkoniyatlar teng" Yangiliklar

Petr Segrt: "Endi yanada ko'prog'ini xohlaymiz. BAAga qarshi o'yinda imkoniyatlar teng"

Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Tojikiston va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasidagi o'yindan oldin tojikistonliklar bosh murabbiyi Petr Segrt va futbolchi Zoir Jo'raboev matbuot anjumanida qatnashdi.

Janob Petr Segrt, BAAga qarshi o'yin oldidan fikrlaringiz qanday?

- BAAga qarshi o'yinda to'qson daqiqa jang qilamiz. Yana bir tarixiy o'yinni o'tkazamiz deb umid qilaman. Men aynan shuni istamoqdaman. CHunki dastlabki uch o'yinda ajoyib futbol ko'rsatdik.

Zoir Jo'raboev: - Livanga qarshi o'yindagi katta g'alabamizdan so'ng Tojikistonda juda katta bayram bo'ldi. Biz bu xursandchilikni yana davom ettirishni maqsad qilganmiz.

Zoir Jo'raboevga savol, murabbiyingizning feli juda ajoyib. U sizlarni kiyinish xonasida qanday ruhlantiradi?

Murabbiyimiz har doim pozitiv va mehribon. Biroq, kerakli paytlarda u juda ham qattiqqo'l va talabchan bo'ladi.

Janob Petr, siz butun dunyoda murabbiylik qilgansiz. Tojikiston terma jamoasini pley-off bosqichiga olib chiqish faoliyatingiz davomidagi eng katta natijalardan birimi?

Biz o'z orzularimiz tomon harakatlanyapmiz. Imkoniyatimiz bormi, oldinga borish kerak. Biz ortiq guruh bosqichida emasmiz. pley-offga chiqqanimiz katta sensaciya bo'ldi, ammo biz hozir yanada ko'prog'ini xohlaymiz. Har bir inson ko'prog'ini istaydi. Kiyinish xonasida ham uyga qaytish haqida gapirmayman, albatta. Faqat va faqat g'alabani maqsad qilganmiz. O'z imkoniyatimizni tahlil qilamiz, qancha yoqilg'imiz borligiga qaraymiz. BAAga qarshi jang qilamiz. Bu uchrashuv balki 120 daqiqa davom etar. Yana bir bor aytaman, men Tojikiston o'yinchilaridan faxrlanaman. Bazi jamoalar bu musobaqaga faqat chempionlik uchun kelishgan, ammo futbol faqat g'alabadan iborat emas. Futbol kattaroq tushuncha. Siz faqatgina keyingi o'yinni o'z foydangizga hal qilishni o'ylashingiz kerak.

Janob murabbiy, allaqachon qandaydir katta natijaga erishgan jamoani ruhlantirish qiyinchilik tug'dirmaydimi?

Bilasizmi, endi o'yinchilarimni ruhlantirishim shart emas. Men ularga kerakli ko'rsatmalarni bersam bas. Har bir o'yinchi BAAga qarshi o'yinda g'alaba qozonmoqchi. Taktik jihatdan bergan ko'rsatmalarimning o'zi etarli. Albatta, uchrashuv davomida bor etibor g'alabaga qaratilishi kerak.

Zoirga savol, Livanga qarshi o'yinda jamoangiz ikkita gol kiritdi. O'yinchilar musobaqadagi ilk goldan so'ng o'zlarini qanday his qilishdi?

Biz to'rtta gol urgandik, afsuski ikki gol bekor qilindi. Birinchi gol jamoaga yangi kuch taqdim qildi va darhol ikkinchi golni kiritdik. Oxirida hammasi yaxshi yakunladi.

Savolim futbolchiga, Livanga qarshi o'yinda Osiyo kubogidagi birinchi golingizni kiritdingiz va ilk marta keyingi bosqichga chiqdingiz. Juda ko'p narsa birinchi marta sodir bo'ldi. Qolaversa, BAAga qarshi o'yinni tomosha qilish uchun Dushanbe shahridan 300 nafar muxlis Dohaga kelmoqda. O'z muxlislaringiz qarshisida harakat qilish sizlarga qanday hislarni taqdim etadi?

Ha, juda ko'p narsa birinchi marta yuz bermoqda. O'yindan keyingi hislarni biz hech qachon tuymagandik. Tojikistonlik muxlislar ham birinchi marta bunday tuyg'uni his qilishdi. Dushanbedan muxlislardan kelayotganidan xabardormiz. Ularni xursand qilish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

- Janob murabbiy, BAAga qarshi o'yinda yana bir marta sensaciya qayd etishingiz kerak. Buning uchun nima qilish lozim va futbolchilaringiz ushbu vazifani bajarishlariga qanchalik ishonyapsiz?

Avvalgi savolga qo'shimcha, Livanga qarshi birinchi golimizni bitta o'yinchi emas, 9.5 mln tojikistonlik urdi. Men o'z o'yinchilarimga 100% ishonaman. Keyingi o'yinda nima bo'lishi haqida gapirishdan charchadim. O'yinchilarim juda kuchli va g'alaba qozona olishadi. Bizda bazi jarohatlangan o'yinchilar bor, nima bo'lishini ko'ramiz. Raqib kuchli jamoa, ularda zo'r futbolchilar bor. Bu xonadagi ko'pchilik bilmasligi mumkin, ammo biz avvalroq, Birlashgan Arab Amirliklariga qarshi biz qarshi o'rtoqlik o'yinida durangga qayd etganmiz. Imkoniyatlar ellikka ellik deb o'ylayman. Hozir BAAda yangi murabbiy bor. SHu tomondan juda qiziq o'yin bo'ladi. Raqib tarkibida ham jarohatlangan o'yinchilar bor. Birlashgan Arab Amirliklari bilan o'yinda imkoniyatlar ellikka ellik. Ikkala jamoa ham bu o'yinda g'alaba qozonishi mumkin.

- Janob murabbiy, BAAga qarshi o'yinda biroz pragmatik o'yin ko'rsatasizmi yoki guruh o'yinlari kabi hujumkor harakat qilasizmi?

- Bu savol men uchun muhim. Ertaga sizni hayron qoldiramiz. Hozir hech narsani ayta olmayman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика