So’nggi yangiliklar

17:55Кварацхелия — Грузияда бешинчи бор йилнинг энг яхши футболчиси  1 17:29Расман: "Қўқон-1912" "Бухоро" ҳужумчиси трансферини эълон қилди  6 16:57Салоҳ учун эҳтимолий клублар маълум: "Ливерпуль" юлдузи Африка Кубогидан кейин қаерга йўл олади?  0 16:25"Барселона"да навбатдаги можаро: клуб президенти фирибгарликда гумонланмоқда  17 15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  2 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  2 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  3 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  11 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  21 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  29 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  9 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  1 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2

Penalti qaytargan Makosin, dubl qayd etgan G'ofurov, "ajdarlar"ni sezmagan Muhammadanas va "Paxtakor"ni yutgan Krestinin - Superligada 26-tur laureatlari Yangiliklar

Penalti qaytargan Makosin, dubl qayd etgan G'ofurov, "ajdarlar"ni sezmagan Muhammadanas va "Paxtakor"ni yutgan Krestinin - Superligada 26-tur laureatlari

Kecha Coca Cola Superligasining 26-turidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

"Championat.asia" o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.


"Qizilqum" kiperi Artem Makosin "Championat.asia" sayti talqiniga ko'ra 26-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.  

Navoiyliklar darvozaboni ortda qolgan tur bahsida ko'p marta seyv namoyish qildi va bahs oxirida penaltini qaytarishga erishdi. Qisqa qilib aytgan tajribali posbon "Turon" ustidan qozonilgan g'alaba (1:0)ga munosib hissa qo'shdi. 


"Metallurg" yarim himoyachisi Husniddin G'ofurov "Championat.asia" talqinida 26-turning eng yaxshi futbolchisi deya elon qilindi.   

"Olimpik"ka qarshi bellashuvda faolligi bilan ajralib turgan G'ofurov 10 va 64-daqiqalarda gol urib dubl qayd etdi. Aynan uning gollari jamoasiga g'alaba keltirdi va bekobodliklar mavsumni TOP-10da yakunlashini taminladi. 




OKMK futbolchisi Muhammadanas Hasanovning "Nasaf" darvozasiga kiritgan to'pi "Championat.asia" talqiniga ko'ra 26-turning chiroyli goli (VIDEO) deb tan olindi.

Oxirgi turning ikki bahsi markaziy nomiga loyiq edi va biri ikkinchisidan qolishmasdi. Olmaliqda OKMK medallar uchun kurashda "Nasaf" bilan kuch sinashdi. 

Mezbonlar tarkibida Muhammadanas Hasanov ancha faol harakat qildi va bir necha bor darvoza tomon zarba yo'llab, oxiri niyatiga etdi. Aynan Hasanovning zarbasidan keyin Abduvohid Nematov to'pni qaytara olmadi. Bu epizodda Muhammadanas o'ngroqdan individual mahorat evaziga bir nechta raqiblarini ortda qoldirdi va jarima maydonchasiga yorib kirib, aniq zarba berdi. Golni ko'rmagan bo'lsangiz, VIDEOsini albatta ko'rib qo'ying.  



"Bunyodkor" bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin "Championat.asia" talqiniga ko'ra 26-turning eng yaxshi murabbiyi sifatida etirof etildi. Ushbu murabbiy boshchiligidagi "qaldirg'ochlar" so'nggi uchrashuvda g'alaba qozonishdi va "Bunyodkor" mavsumni yuqori notada yakunlay oldi. 

"Qaldirg'ochlar" safarda amaldagi chempion darvozasiga 3 bor yo'l topa olishdi va g'alabani tantana etishdi. 


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика