So’nggi yangiliklar

21:30АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" (матнли трансляция)  53 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  9 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  0 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  3 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  3 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  8 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  7 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1

"Paxtakor"ning SSSR chempionatlaridagi turli rekordlari Yangiliklar

"Paxtakor"ning SSSR chempionatlaridagi turli rekordlari

"Paxtakor" klubining matbuot xizmati jamoaning Sobiq Ittifoq mamlakati davrida chempionatlarda qayd etgan turli rekordlari yodga oldi.

"SHerlar"ning oliy ligadagi eng yuqori natijasi 6-pog'ona bo'lib, 1962 va 1982 yilgi mavsumlarda buni qayd etgan. 1968 yil SSSR Kubogida finalgacha etib borib, hal qiluvchi bahsda "Torpedo"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan. 1972 yil SSSR birinchi ligasi g'olibiga aylangan "Paxtakor" 1988 va 1989 yillarda birinchi liga jamoalari kubogida muvaffaqiyat qozongan.

SSSR chempionati oliy ligasida eng yirik g'alaba 5:0 natijasi bilan erishilgan bo'lib, SKA, "Zenit" (uch marta), "Dnepr" va Kievning "Dinamo" jamoalari dog'da qoldirilgan. Birinchi ligadagi eng yirik yutuq esa 11:1 hisobida 1958 yil Bereznikining "Ximik" klubi ustidan qo'lga kiritilgan. SSSR Kubogida Samarqandning "Spartak" jamoasi 10:1 hisobida mag'lub etilgan.

SSSR chempionatining har yil yakunlariga ko'ra aniqlangan eng yaxshi 33 futbolchi ro'yxatidan Yuriy Pshenichnikov (1966, 1967), Birodar Abduraimov (1968), Vasilis Xadzipanagis (1974), Mixail An (1974, 1978), Vladimir Fyodorov (1974, 1976), Andrey Yakubik (1982) va Andrey Pyatnickiy (1991) o'rin olgan.

1968 yil Birodar Abduraimov va 1982 yil Andrey Yakubik oliy liga to'purariga aylangan. SHuningdek, Birodar Abduraimov 1972 yil birinchi ligada ham to'purar bo'lgan. 1990 yil Igor SHkvirin buni yana bir bor uddalagan.

O'smirlar o'rtasida SSSR terma jamoasi bilan Evropa chempioni bo'lgan futbolchilar uch nafar bo'lib, 1966 yil Sergey Docenko va Vyacheslav Bektoshev, 1987 yil Mirjalol Qosimov bunga erishgan. Yoshlar terma jamoasi tarkibida 1975 yil Mixail An va Vladimir Fyodorov, 1988 yil Mirjalol Qosimov chempion bo'lgan. Qosimov 1987 yil o'smirlar o'rtasida jahon chempioniga ham aylangan. Fyodorov esa 1976 yil Monrealda o'tkazilgan Olimpiadada bronza medaliga ega chiqib, o'zbekistonlik futbolchilar orasida buni uddalagan yagona o'yinchi hisoblanadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика