Alonso Pellegrini davridan beri La Ligadagi dastlabki 4 o'yinda g'alaba qozongan birinchi "Real" murabbiyi
14 sen 13:24
Yangiliklar


Alonso Pellegrini davridan beri La Ligadagi dastlabki 4 o'yinda g'alaba qozongan birinchi "Real" murabbiyi
Xabi Alonso "Real"ning La Ligadagi dastlabki 4 o'yinda g'alaba qozongan murabbiylaridan biriga aylandi.
Kecha madridliklar "Sosedad" ustidan g'alaba qozondi - 2:1. Bungacha "Malorka" (2:1), "Ovedo" (3:0) va "Osasuna" (1:0) mag'lub etilgandi.
"Real" boshqaruvida La Liganing dastlabki to'rtta o'yinida g'alaba qozonishga oxirgi marta 2009 yilda Manuel Pellegrini muvaffaq bo'lgan. Etiborlisi, Alonso o'shanda uning qo'l ostida o'ynagan.
Vanderley Lushemburgo (2005), Enrike Fernandes (1953) va Xose Kirante (1929) ham shunday boshlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar