So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  18 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  2 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Superliga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Paxtakor" "Neftchi"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. Bir kishi kam bo'lib qolgan "Paxtakor" "Neftchi"ni mag'lub etdi

Superliganing 21-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Neftchi" uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" – "Neftchi" 2:1

13.09.2025

Bosh hakam: Naim Qosimov

Yordamchi hakamlar: Zufar Eliboev, Farhod Usmonov

Zaxira hakami: Jasur Muhtorov

Nazarotchi: Bobur Haydarov

VAR hakami: Doston Rahmonov

AVAR hakami: Aleksandr Sidorov

Gollar: 1:0 – 11, Aziz Turg'unboev (Flamarion), 1:1 – 39, Ikrom Aliboev (Jamshid Iskanderov), 2:1 – 45+7, Igor Sergeev (penalti)

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 77.Dilshod Saitov, 55.Muhammadrasul Abdumajidov, 7.Hojiakbar Alijonov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 15.Hojimat Erkinov (22.Umar Adhamzoda, 62), 23.Abdurauf Bo'riev, 10.Aziz Turg'unboev (17.Doston Hamdamov, 78), 27.Sardor Sobirxo'jaev (9.Ibrohim Ibragimov, 84), 50.Flamarion, 11.Igor Sergeev (94.Brayan Riaskos, 84)

Zaxira: 19.Jonatan Luis, 8.Diyor Xolmatov, 20.Dilshod Abdullaev, 21.Bashar Resan

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 21.Muhsin Ubaydullaev, 20.Anvar G'ofurov, 4.Boyan Ciger, 6.Ibrohim Halil Yo'ldoshev (77.Bilolxon Toshmirzaev, 76), 7.Abror Ismoilov, 5.Ikrom Aliboev, 23.Yovan Jokich, 10.Jamshid Iskanderov, 22.Alisher Odilov (8.Vladimir Yovovich, 46), 9.Joel Kojo (32.Zoran Marushich, 68)

Zaxira: 45.Akbar To'raev, 34.Farruh Sayfiev, 33.Shohruh Yoqubjonov, 24.G'ulom Haydar G'ulomov, 11.Quvondiq Ro'ziev, 15.Shahzod Nematjonov

Chetlatish: Flamarion (23)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

84. "Paxtakor"da ikki o'zgarish.

78. Hamraliev Iskanderovning zarbasi yo'liga to'g'anoq bo'lib, jamoasini muhim goldan qutqardi.

78. "Paxtakor"da o'zgarish.

76. "Neftchi"da o'zgarish.

68. "Neftchi"da o'zgarish.

67. Yo'ldoshevning jarima maydonidagi zarbasi noaniq ko'rinish oldi.

65. Jokichning bosh bilan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

64. Turg'unboevning zarbasi noaniq.

62. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish.

61. Yovovichning zarbasi noaniq.

59. Zarba! Yovovichning jarima maydonidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

58. Iskanderovning burchak uzatmasini Nazarov urib yubordi.

55. Ismoilovning bosh bilan yo'llagan zarbasini Nazarov egalladi.

54. Turg'unboevning zarbasiga aniqlik etishmadi.

52. Ismoilov raqib jarima maydonida deyarli bo'sh qolgan darvozaga aniq zarba yo'llay olmadi. 

49. Yovovichning pasidan so'ng Nazarov to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Neftchi"da o'zgarish.

Taym yakunlandi.

45+7. GOL! Sergeev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni 2:1 ko'rinishiga keltirdi!

Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rdi va "Neftchi" darvozasiga penalti belgiladi.

45+1. Iskanderovning zarbasi "Paxtakor" jarima maydonida Abdumajidovning qo'liga tekkan bo'lishi mumkin. Hakam VAR bilan vaziyatni muhokama qilmoqda.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shildi.

45. Alijonov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga qaror qildi.

44. Aliboevdan super kross uzatma, hujum burchak zarbasi ishlanishi bilan yakunlandi.

43. Odilov raqib jarima maydonida qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

39. GOL! Iskanderovning burchak uzatmasidan so'ng Aliboev bosh bilan to'pni raqib darvozasiga aniq yo'llab, hisobni tenglashtirdi!

39. Yo'ldoshevning zarbasiga Alijonov "blok" qo'ydi.

36. Alijonovning standartdan uzatgan to'pini Ergashev egalladi.

32. Erkinov ofsaydda qolib ketdi.

30. Ismoilovning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi.

27. "Neftchi"ning burchak uzatmasi bartaraf etildi.

23. Hakam VAR monitori orqali vaziyatni ko'rib chiqqach, Flamarionni maydondan chetlatdi.

22. Ubaydullaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda, hakam esa VAR monitori orqali ehtimoliy chetlatishni ko'rmoqda.

20. Alijonovning zarbasini Ciger to'sib qoldi.

19. Mehmmonlarning o'ng qanotdan uzatgan to'pini Nazarov egalladi.

11. GOL! Aziz Turg'unboev burchakdan uzatilgan to'pni bosh bilan raqib darvozasiga joylab, hisobni ochdi!

5. Bo'rievning zarbasi noaniq.

4. Sobirxo'jaev raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishni maqul ko'rdi. Qarshi hujumda Kojoning zarbasi kuchsiz chiqdi.

3. Zarba! Erkinov tepgan to'p darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

1. Zarba! Iskanderovning uzatmasi Jokichning noaniq zarbasi bilan yakunlandi.

1. Alijonovdan to'p maydonni tark etdi. Burchak zarbasi.

1. O'yinni mehmonlar boshlashdi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" to'q binafsharang, "Neftchi" sariq-qora rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика