Eron va Urugvay o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini bekor qilindi
14 sen 18:38
Yangiliklar
Eron va Urugvay o'rtasida o'tkazilishi kutilgan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilindi. Eron futbol federaciyasi vakili Alavi buni quyidagicha izohladi:
"O'rtoqlik o'yini borasida to'laqonli kelishuvga erishilgandi, ammo Urugvay futbol federaciyasi homiysi FIFA qoidalariga zid ravishda o'yinni Malayziya va Kuala-Lumpurda o'tkazishni talab qilgan. FIFA o'rtoqlik o'yinlarini muhokama qilishda qitani o'zgartirish masalasini ko'tarmoqda va federaciyaning turli bo'linmalari FIFA vakillari bilan maslahatlashganiga qaramay, xalqaro federaciya yakunda Eron-Urugvay o'yinini Malayziyada o'tkazishga etiroz bildirmadi va agar o'yin bekor qilinsa, eronlik futbolchilarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atilishini takidladi. Shu bois Urugvay bilan o'rtoqlik uchrashuvi bekor qilinib, boshqa vaqtga qoldirildi".
Eslatib o'tamiz, Urugvay 13 oktyabr sanasida Malayziyada O'zbekiston bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar