So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

APL. Husanov to'liq o'ynagan Manchester derbisida "Siti" "Yunayted"ni yirik hisobda engdi Yangiliklar

APL. Husanov to'liq o'ynagan Manchester derbisida "Siti" "Yunayted"ni yirik hisobda engdi

Angliya Premer-ligasining 4-turidan o'rin olgan "Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi yakunlandi.

"Manchester Siti" – "Manchester Yunayted" 3:0

Gollar: Foden (18), Xoland (53, 68)

"Manchester Siti": Donnarumma, Husanov, Diash, Gvardiol, O'Rayli, Rodri (Niko Gonsales, 76), Silva (Ake, 88), Reynders, Foden, Doku (Savino, 77), Xoland (Bobb, 87).

"Manchester Yunayted": Bayindir, Mazraui (Maynu, 62), de Ligt, Fernandesh, Dorgu, Yoro (Maguayr, 62), Diallo, Mbemo, Shou, Ugarte (Zirkze, 80), Sheshko (Kazemiro, 80).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Mazkur uchrashuvda futbolchilarga qo'yilgan ballar, Husanov – himoyachilar orasida eng yaxshisi.

O'yin yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shildi.

88. "Siti" tarkibida ikki o'zgarish.

85. Kazemiro xuddi shu ishni takrorladi, biroq uning yonida hech kim yo'q edi. Qolaversa, u ofsaydda ekan.

84. Mbemo salkam 2 metr masofadan to'pni darvozaga to'g'rilab qo'ya olmadi. Unga himoyachi xalaqit bergan ekan.

80. MYU tarkibida ikki o'zgarish.

79. Husanov MYUning yana bir hujumini to'xtatdi.

77. "Siti" tarkibida ikki o'zgarish.

75. Reynders raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda aniq zarba yo'llay olmadi.

71. Husanov himoyada ishonchli harakat qildi.

68. GOL! MYU futbolchilarining xatosidan so'ng qarshi hujumda Xoland hisobni yirik ko'rinishga keltirdi!67. Mbemo raqib jarima maydoniga kirib bordi, ammo uning pasi Donnarummaga etib bordi.

64. Silvaning uzatmasidan so'ng Xoland yana bir zarba yo'lladi, Bayindir to'pni egallab oldi.

62. MYU tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

61. Mbemoning super zarbasini Donnarumma qaytardi. Ajoyib zarba va ajoyib seyv.

55. "Siti" hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi, biroq Xolandning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

53. GOL! Dokuning pasidan so'ng Xoland darvozabon ustidan to'pni oshirib qo'yib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi!49. MYUning o'ng qanotdan tashkillashtirgan hujumi samarasiz nihoyalandi.

47. MYUning chap qanotdan boshlagan hujumini Diash bartaraf etdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Abduqodir Husanov birinchi bo'limda "Manchester Siti" himoyachilari orasida eng yuqori ballga loyiq ko'rildi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shildi.

44. MYUning chap qanotdan uzatmasi Husanovdan o'tmadi. Ammo mehmonlarda burchak zarbasi tepish huquqi paydo bo'ldi. 

41. Husanov podkat evaziga MYU hujumini buzdi va to'pni olib qo'ydi, ammo sheriklari hujum chog'ida noto'g'ri uzatma amalga oshirdi.

39. O'Raylining zarbasiga aniqlik etishmadi.

35. Fernandeshning jarimadan tepgan to'pi Donnarummaning qo'llariga borib tushdi.

34. Husanov jarima maydoni yaqinida Dorguga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

33. Sheshko raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib, zarba yo'lladi, Donnarumma to'pni qaytardi. Biroq u to'pni to'xtatishda qo'l bilan o'ynagani ayon bo'ldi.

30. Husanov yana qahramonlik ko'rsatdi. Foden unga tashakkur bildirdi, Diash "gazini bos" dedi.

29. Mbemo raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda to'pni yuqoriga tepdi, qolaversa, u ofsaydda qolgan ekan.

28. Husanov MYUning o'ng qanotdan boshlagan hujumni yo'qqa chiqardi.

24. Yana Dokuning pasidan so'ng Reynders zarba yo'lladi, Bayindir hushyorlikni boy bermadi.

22. Husanovning autdan uzatmasidan so'ng to'p jarima maydonidagi Xolandga etib bordi, MYU himoyachisi to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

18. GOL! Dokuning xatti-harakatlari natijasida jarima maydoniga oshirilgan to'pni Foden boshi bilan MYU darvozasiga joyladi!16. Diallo "qaychi" uslubida zarba berishga urindi, ammo o'xshamadi.

16. Bayindir oldinga chiqib, tepib autga tepib yubordi.

15. MYUning hujumi to'pnining Donnarummaga kelishi bilan nihoyalandi.

11. MYUning jarima uzatmasini Husanov bartaraf etdi. 

10. Silva o'z jarima maydoni yaqinida to'pni oldirdi va fol ishlatdi.

9. Husanov mehmonlar hujumchisining yakkama-yakka vaziyatga chiqishiga yo'l qo'ymadi.

7. Bayindir Xolandning bosimi natijasida to'pni yo'qotishiga bir bahya qoldi.

4. Sheshko tomondan yo'llangan zarbani Donnurumma egalladi.

1. Ilk daqiqadayoq Xoland raqib jarima maydonida zarba yo'lladi, biroz noaniq.

1. Uchrashuv boshlandi.

Uchrashuv avvalida angliyalik mashhur bokschi Rikki Xatton 46 yoshida vafot etgani sababli 1 daqiqalik to'xtalish yuzaga keldi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Siti" ko'k, "Yunayted" qizil rangli liboslarda harakat qiladi.

Manchester shahrida yomg'ir.

Assalomu alaykum. Bugun Manchester derbisini matnli ko'rinishda sharhlab boramiz.


Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика