So’nggi yangiliklar

15:40Тошкент футболи — 100 ёшда  0 15:18МЮ истеъдоди атрофида ажиотаж: 12 та клуб у учун саф тортди  1 14:50Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячисини мақтади  1 14:22Ла Лигада навбатдаги истеъфо  0 13:53Ван Дейк Салоҳ билан суҳбати ҳақида гапирди  2 13:24"Эмери эффекти": "Астон Вилла" клуб рекордини ўрнатди  9 12:56Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади  14 12:28Мадрид клуби "Манчестер Юнайтед" ҳимоячисини кузатмоқда  2 11:57Ўзбекистоннинг икки гранди МТЖ аъзосига қизиқмоқда  16 11:31Водий клуби "Нефтчи" легионерига кўз тикди  4 10:44Педри Мессининг 15 йил аввал ўрнатган рекордини янгилади  2 10:16"Ливерпуль" собиқ устози Саудия клубини бошқаришга розилик берди  2 09:48Пеп Гвардиола Алекс Фергюсоннинг Премер-лигадаги рекордини янгилади  3 09:20"Реал Мадрид" саккиз нафар футболчисини сотишга тайёр - DC  3 08:53Нури Шаҳин кечаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  4

Ilyos Zeytullaev: "Yangi stadionda to'p tepish o'zgacha hissiyotlarni berdi" Yangiliklar

Ilyos Zeytullaev: "Yangi stadionda to'p tepish o'zgacha hissiyotlarni berdi"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Xorazm" (1:0) uchrashuvidan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Ilyos Zeytullaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida fikringiz?

- Yangi stadionda to'p tepish o'zgacha hissiyotlarni berdi. Olimpiya majmuasi juda ajoyib qurilgan ekan. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, yigitlar juda qiyin bahsni o'tkazdi. G'alaba bilan jamoamizni tabriklayman. Biz "Xorazm"ga qarshi oson bo'lmasligini bilardik, chunki bu jamoa Superligada qolish uchun kurash olib boryapti va har bir o'yinda jang qilyapti.

- "Bunyodkor" tezkor o'yin ko'rsatishini bilamiz, ammo bugun futbolchilar og'ir harakat qilgandek ko'rindi.

- Men esa boshqacha fikrdaman. Jamoam sifatli o'yin namoyish etdi deb o'ylayman. Raqibda tajribali murabbiy bor, jamoa ham yaxshi. Biz shunga ko'ra hozirlik ko'rdik. "Xorazm" ochko uchun kelishini bilardik. Balki ular yutib ketishi ham mumkin edi. Biz bugun sekin, lekin sifatli futbol namoyish etishga harakat qildik.

- Maydon holati haqida fikringiz?

- Maydon holati yaxshi. Umuman hammaga yaxshi maydonlar kerak. Superligadagi barcha jamoalar yaxshi maydonda to'p tepishi kerak, shundagina futbolni o'stirish haqida o'ylasak bo'ladi. To'g'ri, bu oson emas, vaqt va mablag' talab etadi.

- "Bunyodkor" hozircha to'rtinchi o'rinda ketyapti. Bunda kimning xizmatlari yuqori deb o'ylaysiz?

- Bunda hammaning hissasi bor. Yil boshida rahbariyati bilan qanday ish olib borish, kimlarga raqobat qilish haqida gaplashib olgandik. O'z yo'limizni tanlab olish borasida ham bir nechta variant ilgari surilgan. Eng muhimi, o'z g'oyalarimizni futbolchilarga singdiria bilish. Baribir futbol yo'lidan yurish hammaga qulay ko'rinadi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика