So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  155 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  11 20:00Суперлига. "Қизилқум" – "Бунёдкор" (матнли трансляция)  8 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  2 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  0 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  6 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  7 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  8 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0

"Paxtakor-79" xotira turniri: O'zbekiston U-16 terma jamoasi "Qayrat"ni mag'lub etdi Yangiliklar

"Paxtakor-79" xotira turniri: O'zbekiston U-16 terma jamoasi "Qayrat"ni mag'lub etdi

Bilasiz, bu yil "Paxtakor-79" jamoasining aviahalokatiga 40 yil to'ladi.

Ayni damda mazkur sanaga katta hozirlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, "Paxtakor-79" xotirasiga bag'ishlab xalqaro "Xotira qanotlari" turniri o'tkazilmoqda. Unda 12 jamoa ishtirok etmoqda.

Musobaqada 2004 yilda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoalar qatnashishadi. O'zbekistonning 10 jamoasi bilan birga Qozog'istonning "Qayrat" va Ukrainaning "Paxtakor-Kurilovka" ham unda ishtirok etmoqda. Uchrashuvlar "CHilonzor", O'FA va "CHig'atoy" stadionlarida bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston U-16 terma jamoasi ilk o'yinda AGMK yoshlariga qarshi bahs yuritib, 5:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Ikkinchi o'yinda terma jamoamiz andijonlik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda O'zbekiston U-16 7:0 hisobida zafar quchdi.

Bugun esa O'zbekiston U-16 terma jamoasiga Qozog'istonning "Qayrat" klubi yoshlari raqiblik qildi. Uchrashuvda vakillarimiz 2 ta to'p farqi bilan zafar quchishdi.

O'zbekiston U-16 – Qayrat 2:0

Gollar: Alisher Xayrullaev (48), Obloyor Rahmatov (51).

O'zbekiston U-16: Asror Kenjaev, Abdulaziz Toshkenboev, Elyor Yulbarsov, Mirxait Xoldarov, Tohir To'xtasinov, Abduqodir Husanov, Rian Islamov, Alisher Xayrullaev, SHahzod Akramov, Obloyor Rahmatov, Jasur Ahmedov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Beknur Parmonov, Diyor Inomov, Aziz Hakimov, Jamol Rahimov, Sarvar Bahodirov, Nodir Abdurazzoqov, Bobur Mo'ydinov.   

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика