So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

O'zPFL tashkil etgan matbuot anjumani haqida. Pro-liga va Birinchi liga "o'gay"mi? (Bekzod Tolibov blogi) Yangiliklar

O'zPFL tashkil etgan matbuot anjumani haqida. Pro-liga va Birinchi liga "o'gay"mi? (Bekzod Tolibov blogi)

11 dekabr kuni O'zbekiston professional futbol ligasi OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etdi.

Anjumanning birinchi qismida O'zbekiston Superligasining ortda qolgan 2024 yilgi mavsumi bo'yicha turli nominaciyalar bo'yicha eng yaxshi deb topilganlar elon qilindi va taqdirlandi. Kun tartibidan o'rin olgan ikkinchi va uchinchi masalalar ham anchayin qiziqarli edi. Dastlab maydonlar borasida Liga vakillari va mutaxassis ishtirokida ishtirokchilarga qator malumotlar taqdim etildi. Jumladan, yangi 2025 yilgi mavsumda qaysi stadionlarda futbol uchrashuvlari o'tkaziladi, bitta maydonni normal holatda ushlab turish uchun qanday ishlar amalga oshiriladi, qancha mablag' ketadi va hokazo. SHuningdek, ayni masala yuzasidan mavjud muammo va kamchiliklar, sifatli maydon uchun O'zbekiston iqlimining qulay va noqulay tomonlari xususida ham atroflicha so'z bordi.

Anjumanning uchinchi qismida esa O'zPFL vakillari va jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Bunda Liga rahbari Diyor Imomxo'jaev va sohalar bo'yicha mutaxassislar OAV vakillarining savollariga javob qaytarishdi. Maqola matni cho'zilib ketmasligi uchun gapni qisqa qilaman, shaxsiy xulosamga ko'ra, jarayon juda zo'r o'tdi. Jurnalistlar Liga faoliyati, milliy chempionatlarimizning tashkil etilishi, yoshlar chempionatlari kabi savollarga aniq va batafsil javob oldilar. Fikrimcha, bu kabi matbuot anjumanlari sonini ko'paytirish kerak, shunda balki mavsum davomida yuzaga keladigan turli tushunmovchilik, anglashilmovchilik holatlarining oldi olingan bo'lar edi.

Kirish qismidan o'tib oldik, endi sarlavhada ko'tarilgan masalaga to'xtalamiz. SHu kuni taqdirlanganlar orasida Pro liga va Birinchi liga vakillaridan hech kimni ko'rmadik. U-21 yoki U-19 chempionatlari haqida gapirmaymiz, mayli. Biroq butun boshli Pro liga, yarim professionallar ishtirok etishi aytilayotgan Birinchi ligadan hech kim eng yaxshilar qatorida etirof etilmadi. Professionalmi yoki professional emasmi, bu chempionatda o'ynayotganlar ham hamma qatori inson. Qilgan mehnatlariga yarasha etibor kutadi, uning nomini ham kimdir qaerdadir tilga olishini istaydi. Pro liga va Birinchi liga ishtirokchilari orasidan 4-5 nafar eng yaxshilarini etirof etib, bittadan stauetka taqdim qilishga O'zPFLning bemalol qurbi etardi. Lekin nega shunday qilmadi, tushunarsiz. "O'gay" degan iborani ishlatdik, qo'pol chiqqanini tushunib turibman, lekin xafa bo'lasizmi-yo'qmi, o'zingiz tashkil etgan chempionatlarga o'zingiz etibor qaratmasangiz, masalan, Joel Kojoni tantanali taqdirlagan Qirg'iz Respublikasi futboli vakillari kelib, taqdirlab bermaydi. Takror aytaman, kuchlimi, kuchsizmi, professionalmi yoki yo'q, bu chempionatlarda ham insonlar o'ynaydi. 

Maqola tugadi.


Bekzod Tolibov

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика