So’nggi yangiliklar

22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  1 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  4 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  1 19:34Карло Анчелотти: "Реал"да дуранг — бу инқирознинг бошланиши?"  2 18:15Жоан Лапорта: "Ламин Ямал — даҳо, дунёда ўз позициясида энг яхшиси, аммо ҳали чўққига етмаган"  7 17:48Тони Пулис: "ВАР кўрилиши икки дақиқадан ошмасин ва соф ўйин вақтини жорий этиш керак"  4 17:08U-19 чемпионати. Ярим финалда Тошкент ҳамда Қашқадарё дербиси бўлади  1 16:53Жереми Доку: "Арсенал" ёки бошқаларни кузатмаймиз. Агар "Ман Сити" яхши ўйнаса, биз билан рақобат қилиш қийин"  7 16:14Гвардиола ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 15:27Жоан Лапорта: "Барселона" ва "Реал" ўртасидаги муносабатлар яхши эмас"  1 15:24"Футбол олами". "Нефтчи" чемпионликни Фарғонада нишонлаш имконига эга бўлди..."  6 15:03U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон - Панама 6:1  1 14:35Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради  25

O'zPFL 4 fevral kuni OAV bilan matbuot anjumani o'tkazadi Yangiliklar

O'zPFL 4 fevral kuni OAV bilan matbuot anjumani o'tkazadi

Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

"O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi “2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish koncepciyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-6181-son farmonining 5-bandiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilingan bo'lib, mazkur indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va boshqa muhim faoliyat ko'rsatkichlariga asosan tuzilishi belgilangan.

SHu maqsadda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan  o'z faoliyatining shaffofligini taminlash maqsadida 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar haqidagi malumotlarni tegishli davlat organlari bilan birgalikda keng jamoatchilikka ham taqdim etish ko'zda tutilgan.

SHundan kelib chiqib, shu yilning 4 fevral kuni O'zbekiston Professional futbol ligasi matbuot anjumani tashkil qilishni rejalashtirdi. Biz o'tgan yili “2021 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”da ko'rsatilgan barcha musobaqalarni o'tkazishga erishdik. SHuningdek, “2022 yilgi mavsumda O'zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan o'tkaziladigan musobaqalar reglamenti”ni tasdiqladik. 4 fevral sanasida shu va uning atrofida yuzaga kelayotgan savollarga javob qaytarish rejalashtirilgan. 

Jurnalistlar bilan uchrashuv chog'ida futbolchi va murabbiylar bilan tuzilayotgan mehnat shartnomalari, ularni ro'yxatdan o'tkazishda O'zPFL poziciyasi, musobaqalar, hakamlar, futbolga kirib kelayotgan yangi texnikalar uchun chiqimlar hamda ularning manbasi, bugungi kunda olib borilayotgan masalalarga atroflicha to'xtalinadi", – deyiladi O'zPFL rasmiy xabarida.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика