Lyupcho Doriev: "Kerakli vaqtda gollar urdik"
12 sen 21:46
Yangiliklar
Lyupcho Doriev: "Kerakli vaqtda gollar urdik"
Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi Superliganing 21-turida o'z maydonida OKMKni qabul qildi.
Gollarga boy o'tgan o'yinda maydon egalari 4:1 hisobida g'alaba qozondi. Ushbu o'yinda jamoa etakchisi Lyupcho Doriev 2 ta gol va 1 ta assist muallifiga aylandi. O'yindan so'ng u fikrlarini bildirdi.
"Nima ham deyish mumkin? O'zbekistonning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'ynadik. Jamoamiz bu o'yinda juda yaxshi harakat qildi, biz kerakli vaqtda gollar urdik. Jamoadoshlarimni g'alaba bilan tabriklayman. Oldinga intilishda davom etamiz",- deydi Doriev.
"So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni mehmonda "Andijon"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar