O'zbekistonning JCH-2026 saralashidagi guruhdoshi mart oyidagi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi
11 mar 2024 18:20
Yangiliklar
O'zbekistonning JCH-2026 saralashidagi guruhdoshi mart oyidagi o'yinlar uchun tarkibni elon qildi
Turkmaniston terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasidagi Eron bilan o'yinlar uchun chaqiruv olgan futbolchilar ro'yxatini elon qildi.
Ro'yxatdan 24 nafar futbolchi joy oldi, ulardan uch nafari legioner: Teymur CHariev («Abdish-Ata», Qirg'iz Respublikasi), Vepa Jumaev («Vitebsk», Belarus) va Ruslan Mingazov («Kitchi», Gonkong).
«Ahal» sardori Elman Tagaev va «Arkadag'» yarim himoyachisi Ilya Tamurkin jarohat tufayli mart oyidagi yig'inda ishtirok eta olishmaydi.
Mart oyida Mergen Orazov boshchiligidagi jamoa uchta o'yin o'tkazadi: 14 mart kuni Dubayda Qozog'istonga qarshi nazorat bahsi, 21 mart kuni Tehronda Eronga qarshi o'yin va 26 mart kuni Ashxobodda Eron bilan o'yin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar