So’nggi yangiliklar

00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  32 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  169 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4

O'zbekistonning hozirgi terma jamoasi tarixdagi eng kuchlisimi? Server Jeparov javob berdi Yangiliklar

O'zbekistonning hozirgi terma jamoasi tarixdagi eng kuchlisimi? Server Jeparov javob berdi

O'zbekiston terma jamoasining sobiq sardori Server Jeparov "To'raev finti" ("Fint Turaeva") podkastida hozirgi O'zbekiston terma jamoasini avvalgilari bilan solishtirdi.

- Nazarimda, hozirgi terma jamoa tarixdagi eng kuchlisi emas. SHubhasiz, eng kuchlilardan biridir, lekin eng kuchlisi emas. Bizda avvalgi yillarda juda kuchli terma jamoalar bo'lgan.

- Unda nima uchun O'zbekiston terma jamoasining oldingi avlodlari jahon chempionatiga chiqa olmagan?

- Hozir jahon chempionatiga yo'llanmalar soni ko'paygan. Bundan tashqari, qaysi guruhga tushganimizni ham hisobga olish kerak. Ilgari biz juda kuchli koreyslarga va Avstraliya terma jamoasiga duch kelardik.

- Hozirgi terma jamoa oldingilariga nisbatan nimasi bilan kuchliroq?

- Hozir bizda legionerlar ko'proq. CHet elda qancha ko'p futbolchi o'ynasa, terma jamoa uchun shuncha yaxshi. Biroq "xorijiy chempionatlar" turlicha bo'lishi mumkinligini anglash kerak. Masalan, Malayziya va Tailandni oldinga qo'yilgan qadam deb hisoblash qiyin. Bu mamlakatlar FIFA reytingida bizdan pastroqda joylashgan. Futbolchi ushbu sport turi kuchliroq bo'lgan joylarga — Evropaning top-5 ligasi, Rossiya, Turkiyaga borish kerak.

- O'zbekistonning eng yaxshi terma jamoalarini avlodlar bo'yicha tartiblab bera olasizmi? Davrlarni tasniflashda jahon chempionatiga saralash davrini mo'ljal qilib olishingiz mumkin.

- Hozirgi terma jamoani uchinchi o'ringa qo'yardim. Ikkinchi o'ringa, menimcha, 2014 yilgi jahon chempionatiga saralash bosqichida qatnashgan avlodni loyiq ko'rardi, u jamoada Kapadze, Geynrix, Ahmedov, Ismoilov, Denisov, SHackix, Nesterov kabi nomlar bor edi. Birinchi o'ringa esa 2006 yilgi terma jamoa munosib. Bular - Koshelev, Karpenko, Fyodorov, SHirshov, Akopyanc, SHackix. Darvozada Nesterov bilan Safonov bor edi, o'shanda Mirjalol Qosimov ham o'ynardi.


Server Jeparov ishtirokidagi "To'raev finti" podkastining to'liq versiyasini (rus tilida) quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика