O'zbekiston MTJ Gonkongga qarshi bahsda qanday rangdagi libosdan foydalanadi?
20 mar 2024 10:51
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ Gonkongga qarshi bahsda qanday rangdagi libosdan foydalanadi?
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 21 mart kuni JCH-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasida Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bugun ana shu bahs oldidan rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. Ertangi bahsda futbolchilarimiz to'liq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.
Uchrashuvni koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kim Vo Sung, unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jon Pil va Kang Dong Ho yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Kim Da Yong ishlaydi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da "Mong Kok" stadionida start oladi.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar