So’nggi yangiliklar

00:15Февзи Давлетов: "Бундан ҳам яхшироқ ўйнай оламиз"  1 23:46Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Хоффенхайм"га мағлуб бўлди, "Боруссия Дортмунд" сўнгги дақиқаларда иккита тўп ўтказиб, ғалабадан қуруқ қолди  4 23:38"Леванте" — "Барселона". Таркиблар маълум  4 23:28АПЛ. "Арсенал" "Эмирейтс"да "Лидс"га жавобсиз 5 та гол урди, Гёкерешда дубл!  6 23:21Мирко Йеличич: "Жамоам ривожланаётгани кўзга ташланмоқда"  0 22:42Айбек Нурбаев: "Локомотив" бугун U19 жамоа билан ўйнагандек бўлди. 20 кунни қандай ўтказамиз, ҳайронман"  0 22:25Суперлига. "Сурхон" – "Насаф" 1:2   0 22:23"Реал" собиқ футболчиси "Бавария"га ўтиши мумкин  0 21:47"Атлетико" — "Эльче". Таркиблар маълум  0 21:27Суперлига. Хуршид Ғиёсовнинг бенефисига айланган учрашувда ОКМК "Хоразм"ни мағлуб этди  9 21:18БАА Про лигаси. "Дибба Ал Жумайра" 5 та гол урилган ўйинда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Абдуллаев тўлиқ ўйнади  0 21:10"Арсенал" Эзени "Кристал Пэлас"дан 60+7,5 млн фунтга сотиб олди  1 20:58Ўзбекистон кубоги 1/4 финал босқичи учрашувларида ишловчи расмийлар билан танишинг  1 20:25Суперлига. Воҳа дербисида "Насаф" "Сурхон"ни мағлуб этди  40 19:54Про лига. "Локомотив" "Жайхун"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0

O'zbekiston - Livan uchrashuvi "Qarshi"da emas, "Muborak"da bo'ldi Yangiliklar

O'zbekiston - Livan uchrashuvi "Qarshi"da emas, "Muborak"da bo'ldi

SHu kunlarda Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi Avstraliya qitasida bo'lib turibdi.

Kecha jamoamiz Livan bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib 0:0 hisobida durang o'ynadi. Bu maqola o'yinga emas o'yin bo'lib o'tgan shahar haqida.

Deyarli barcha manbalarda O'zbekiston terma jamoasi Brisbenda yashayotgani va Livan bilan bahs ham shu shaharda o'tgani haqida yozildi. Aslida futbolchilarimiz Brisbenda emas Gold Kost shahrida istiqomat qilishmoqda. Kechagi bahs ham mana shu shahar yaqinida joylashgan "Cbus Super Stadium" (ikkinchi nomi "Robina") stadionida bo'lib o'tdi.


Brisben va Gold Kost boshqa-boshqa shaharlar. Avstraliyaning Kvinslend shtatida joylashgan ikki shahar. Brisben mana shu shtatning poytaxti hisoblanadi. Tushunarli qilib aytganda Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahri bo'lsa, kecha jamoamiz Muborak tumanida o'yin o'tkazdi. Masalan, o'z vaqtida O'zbekiston terma jamoasi Qarshida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan. Hech kim nima farqi bor, baribir yaqinku deb uchrashuv Muborakda bo'lgan deb yozmagan. 





Ko'pchilik buni nima farqi bor deyishi mumkin. Ammo statistika bo'yicha ustozimiz Baxtiyor SHirinov aytganlaridek statistikada mayda narsa bo'lmaydi. Bitta kichkinagina xato va statistikangiz hech nimaga yaramay qoladi.

Bu maqolani chiqarishdan maqsad nima? Maqsad kelgusi avlodga noto'g'ri malumot qoldirmaslik. Aytaylik 10 yildan so'ng bir yosh futbol jurnalisti O'zbekiston terma jamoasi Brisben shahrida nechta o'yin o'tkazgan deb qidirsa va 2018 yil 15 noyabr kuni Livan bilan o'yin shu erda o'tgan degan malumotni ko'radi. SHu tariqa tarix ham, statistika ham o'zgarib ketadi.

SHunday ekan, O'zbekiston terma jamoasi bugungi kunda Gold Kost shahrida yashamoqda, Livan bilan o'yin mana shu shaharda bo'lib o'tdi. Brisbenning bu o'yinga hech qanday aloqasi yo'q.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика