So’nggi yangiliklar

09:20Франческо Тотти ўзининг идеал футболчисини йиғди  0 08:43"Бавария" Мусиалани жамоада олиб қолиш учун ойлигини беш бараварга оширишга тайёр  1 08:08МЮ раҳбарлари тен Хаг борасида бир қарорга кела олишмади  4 07:33Салоҳ ва де Брюйне келаси мавсум жамоадош бўлишлари мумкин  1 02:09Мутолаа учун. Шомуродов ўйнаётган "Рома" очко йўқотди: А Сериянинг 7-тур якунлари  1 00:45Италия Суперкубоги Саудия Арабистонида ўтказилади. Тақвим маълум  2 00:15Уэйн Руни Англия терма жамоасининг энг яхши ўйинчиси кимлигини айтди  6 23:28Ўзбекистон терма жамоаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда. Элдор Шомуродов билан кичик интервью  1 22:46Андрес Иньеста 2010 йилги "Олтин тўп" ҳақида гапирди  12 22:05Ҳарри Магуайр бир неча ҳафтага сафдан чиқди  0 21:29Серхио Агуэро "Барселона"ни судга берди  8 21:03Асрор Алиқулов: "Қўқон-1912"га қарши дуранг унчалик ҳам ёмон натижа эмас"  1 20:38Шомуродов, Ўрунов, Юсупов, Файзуллаев ва Ҳусанов ҳам машғулотларга киришди ГАЛЕРЕЯ  30 20:11Мбаппе – "Реал"нинг сентябрдаги энг яхши футболчиси  3 19:33Гравенберх: "Слот ўз кучимга ишонишимга ёрдам бермоқда"  0

O'zbek tennisi kelajagi, "Australian Open"da finalgacha etib borgan Jo'rabek Karimov haqida Yangiliklar

O'zbek tennisi kelajagi, "Australian Open"da finalgacha etib borgan Jo'rabek Karimov haqida

Denis Istomin. Bu ismni eshitganimizda ko'z oldimizda o'zbek tennisining yorqin yulduzi gavdalanadi.

Bu shubhasiz! Ammo, vaqt o'tib bormoqda. Yaqin uch-to'rt yil ichida Denis Istomin faoliyatini yakunlaydi va undan estafeta tayoqchasini kim tortib oladi? Bugun ushbu savolga javob topishga urinib ko'ramiz. Aniqroq aytadigan bo'lsak, Denisga o'rinbosar bo'lishi kutilayotgan Jo'rabek Karimov haqidagi malumotlarni etiboringizga taqdim etamiz.

Jo'rabek Karimov 1998 yilning 4 iyunida Toshkent shahrida tug'ilgan. Tennis bilan etti yoshdan shug'ullana boshlagan. Murabbiyi Petr Lebed va Sergey Arkasin hisoblanadi. Asosiy zarbani o'ng qo'lda beradi, ikki qo'lda o'ynaydi. Yoqtirgan qoplamasi xard kortlaridir.

O'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda 2011 yildan qatnasha boshlagan. O'sha davr haqida qisqacha malumot berib o'tsak. Grade A bu katta dubulg'a turnirlari, Grade-1 "Masters"lar, Grade-2 dan to Grade-5 gacha turnirlar mavjud. Bu turnirlarning farqi beriladigan reyting ochkolaridadir. Reytingi baland tennischilar tabiiyki A toifadagi va Grade-1,2 musobaqalarida qatnashishadi. Reytingi nisbatan pastroq tennischilar Grade-3-4-5 musobaqalarda ishtirok etishadi (Grade o'zbek tilida daraja, sinf, sifat manolarini bildiradi).



13 yoshga to'lgan Jo'rabek Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida bo'lib o'tgan Grade-5 Tennis Sunrise Open-2011 turnirida qatnashadi. Saralashda barcha raqiblarini engib, nimchorak finalgacha etib boradi (malumot uchun o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarda 19 yoshga to'lmagan bolalar qatnashadilar). 2012 yil bir nechta musobaqalarda chorak finalgacha etib bordi va yil oxirida Malayziyaning Ipoh shahrida o'tkazilgan Grade-4 musobaqasida finalga qadar etib boradi, ammo hal qiluvchi bahsda hindistonlik Deshmukx SHilga 4-6 5-7 hisobida mag'lub bo'ladi. SHundan so'ng, Jo'rabek reytingdagi o'rnini ham yaxshilab oladi. O'sha yili Malayziyaning Sapavak shahrida bo'lib o'tgan Grade-3 musobaqasida yarim finalgacha, 2013 yilning yanvarida Hindistonda ham huddi shunday turnirda yarim finalgacha etib boradi. Ulg'aygani sari mahorati ham oshib borardi. Jo'rabek iyul oyida o'zining ilk g'alabasini qo'lga kiritdi. Ilk g'oliblik Toshkentdagi Grade-4 NBU Cup turnirida erishiladi. O'sha yili Qozog'istonda Grade-3 musobaqasida g'oliblik nashidasini suradi. Ushbu g'alabalardan so'ng Jo'rabek Karimov o'zini nisbatan yirikroq turnirlarda ham sinab ko'ra boshlaydi. "Katta Dubulg'a" va "Masters" musobaqalarida saralash bahslarida mahoratini oshirib boradi. SHunday bo'lsada, 2014 yil ham bekor ketmaydi. Qirg'izistonda G-4,Malayziyada G-3 va oktyabr oyida Tailandda G-2 musobaqalarida g'olib bo'lib? o'smirlar reytingida TOP50dan mustahkam o'rin egallab oladi. Bu vaqtga kelib Jo'rabek kattalar o'rtasida "Fyuchers" va "CHellenjer" musobaqalarida ham o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazib turardi.

2015 yil Jo'rabek uchun omadli bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. Yil boshida o'smirlar o'rtasida Avstraliya ochiq chempionati yarim finaliga qadar etib bordi va...

Maqolaning to'liq qismini OLAMSPORT.COM saytida o'qishingiz mumkin.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика