So’nggi yangiliklar

07:46Суперлига плей-офф. Бугун келаси мавсумнинг сўнгги Суперлига иштирокчиси аниқланади  2 03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  5 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  6 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  3 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  8 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  18 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  29

Shahboz Jo'rabekov: "Ikkinchi davrada "Buxoro"ni yuqorida ko'rasiz. Bekxemning zarbalarini ko'rib katta bo'lganman" Yangiliklar

Shahboz Jo'rabekov: "Ikkinchi davrada "Buxoro"ni yuqorida ko'rasiz. Bekxemning zarbalarini ko'rib katta bo'lganman"

Ulug'bek Bakaev boshchiligidagi "Buxoro" O'zbekiston Kubogi nimchorak finalida OKMKdan ustun keldi (3:1).

Mazkur uchrashuvdan so'ng "Buxoro" etakchisi Shahboz Jo'rabekovning fikrlari bilan qiziqdik.

- OKMK bilan o'yindagi g'alabani qanday so'zlar bilan izohlash mumkin? Kubok uchun favoritlar qatoridagi jamoani musobaqadan chiqarib yuborish o'yindan keyin qanday hissiyotlarni berdi?

- OKMK bilan uchrashuvlar har doim qiyin kechadi. Sababi bu jamoa odatda ochiq o'yin taklif qiladi. G'alabaga soatlab izoh bersak ham kam. Bilasiz, Superligada anchadan buyon g'alaba qozona olmayotgan edik. Bunga qadar "Neftchi" bilan og'ir o'yin o'tkazib alamli tarzda engilgandik. OKMK kuchli tarkibga ega va sovrinlar uchun kurashmoqda. Kubokda yaxshi imkoniyatga ega edi. Lekin biz har bir jamoani hurmat qilamiz. Maydonda g'alaba uchun jang qilishga tayyormiz. Aksiga olib bosh murabbiyimiz ham chetlatilgandi. Rug'iy tushkunlik va boshqa muammolarni bir chetga surib yakunda g'alabani o'zimizniki qildik. Bu tarix ortda qoldi. Oldinda yanada muhim o'yinlar kutmoqda. Maqsadimiz birinchi davrani yaxshi kayfiyatda yakunlash. 

- "Buxoro"ga shu kuni ko'proq qaysi jihatlar qo'shimcha kuch berdi?

- Hamjihatlikda harakat qilganimizni aytgan bo'lardim. Murabbiylarimiz tomonidan berilgan ko'rsatmalarni xatosiz bajarishga harakat qildik. Gol o'tkazib yuborgunimizga qadar hech narsa o'xshagani yo'q. Gol bizga yaxshi manoda tarsaki berdi. Birinchi bo'limning o'zidayoq vaziyatni o'ngladik. Biz chorak finaldamiz. Bu bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q. Qolaversak, mazkur g'alaba o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarib berdi.

- Buning ruhiy ahamiyati ham bormi?

- Nasib qilsa yaqin kunlarda yanada o'zimizga kelib olamiz. Futbol shunisi bilan qiziq. Shu kungacha bo'lgan davrda juda ko'p ochko yo'qotdik. Yosh bolalarcha xatolar, keraksiz gollar va hokazo. Qolgan 2 ta turni g'alaba bilan yakunlasak, ikkinchi davrada boshqacha "Buxoro"ni ko'rishni boshlaysiz. 

- Uzoq masofadan ko'p gollar urmoqdasiz. Avvalgi uslubingizga qaraganda bu safar erkinroq harakat qilyapsiz. Bu Roberto Karlosda uchrardi...

- Ketma-ket gollar urmoqdaman, bu faoliyatimda birinchi marotaba sodir bo'lmoqda. Karlosga o'xshatishlari yoqimli. Men uchun jamoaning muvaffaqiyati muhim. Bu uslub bolalikdan bor desam yanglishmayman. Har o'yindan oldin otam ham vaziyat bo'lishi bilan uzoqdan zarba berishimni aytadilar. Murabbiylar ham ko'rsatma berishadi. O'zim esa Bekxemning jarima zarbalarini ko'rib katta bo'lganman. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика