So’nggi yangiliklar

07:59Грузиялик тўпурар ярим ҳимоячи водий жамоаси билан шартнома имзолади  1 07:31Ўткир Юсуповнинг "Фулад"даги тақдири маълум бўлди  2 02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дунёни асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  8 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  46 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  22 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1

PFL OFKga murojaat qilib, xalqaro talablar himoya qilinishini so'radi Yangiliklar

PFL OFKga murojaat qilib, xalqaro talablar himoya qilinishini so'radi

Teglar :  O'zPFLCAFAOFK
CAFA so'nggi uch yilda FIFA kunlaridan tashqarida musobaqa o'tkazayotgani O'zPFL etiroziga sabab bo'lgan. Boisi CAFA mazkur masalada PFL bilan kelishmagan.

Sir emaski, O'zPFL o'z taqvim rejasini ancha avval elon qilgan bo'lib, unda barcha tur o'yinlari dam olish kunlariga rejalashtirilgan. Shuningdek, JCH-2026 saralashiga milliy terma jamoaning puxta hozirlik ko'rishi inobatga olinib, O'FA va O'zPFL kelishgan holda Superliganing 1 ta turini iyul oyiga qadar qoldirgandi. Buning evaziga milliy terma jamoa Abu Dabidagi hal qiluvchi o'yinga ertaroq jo'nab ketish va tayyorgarlik ko'rish imkoniyatiga ega bo'lgandi. Yani, JCH yo'llanmasi qo'lga kiritilishi uchun barcha 16 klub iyul oyidagi issiq ob-havoda tur o'yinlarini o'tkazishga rozi bo'lgan.  

FIFA kunlaridan tashqarida o'tkaziladigan o'yinlarga esa legioner futbolchilarni jalb qilishning imkoni yo'q. Malayziya aynan shu sabab tufayli CAFA musobaqasida ishtirok etmaydigan bo'ldi. Eron esa mazkur musobaqaga legioner futbolchilarsiz kelishni rejalashtirmoqda. PFL talqiniga ko'ra, bunday holat O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun ham manfaatli emas. Ikki yil avval FIFA kunlaridan tashqarida o'tkazilgan musobaqa hattoki Srechko Katanecning ham etiroziga sabab bo'lgani borasida bizda malumotlar bor. Sababi Katanec daraja jihatdan yuqoriroq turuvchi UEFA terma jamoalari bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilishni CAFA musobaqasidan foydaliroq deb hisoblagan.

Kuz oyida bir emas 3 ta FIFA kuni borligi, shuningdek, "Nasaf", "Andijon" kabi klublar xalqaro musobaqada ishtirok etishi taqvim tuzishni biroz murakkablashtiradi. O'zPFLga ko'ra, agar FIFA kunlariga qatiy amal qilinmasa, bu bora-bora Superliga dekabr oyining keyingi 10 kunligiga qadar cho'zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Iqtisodiy holatdan kelib chiqib, Superliga klublari o'z futbolchilari bilan noyabr oyi so'ngiga qadar shartnoma tuzadi. Biroq o'yinlar dekabrga qadar qolib ketsa, shartnomalarga qo'shimcha o'zgartirishlar kiritish Superliganing har bir klubi uchun taxminan 70-90 ming AQSH dollariga tushishi mumkin. Umumiy hisobda 1 million dollardan oshib ketishi mumkin bo'lgan kompensaciya klublarga CAFA tomonidan to'lab berilmasligi tabiiy. 

Shundan kelib chiqib, PFL har qanday holatda ham masalaga professional nuqtai nazardan yondashish va FIFA nizomlarini hurmat qilishni talab qilmoqda.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика