Mirabror Usmonov Kubogi-2025. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
22 iyu 22:25
Yangiliklar


Mirabror Usmonov Kubogi-2025. O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Mirabror Usmonov Kubogi-2025
O'zbekiston U-23 – Saudiya Arabistoni U-23 3:1 TUGADI
Toshkent. "Jar" stadioni. 20:00
Hakamlar: Doston Abdurahmonov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov, Islom Azimov, Nikita Mustafin, Timur Galeev
Gol: Samandar Mavlonqulov (Mahmud Mahamadjonov) 9, 1:0, Jahongir O'rozov 11, 2:0, Nodir Abdurazzoqov (Aziz Xolmurodov) 48, 3:0, Murad Hudri 58, 3:1
O'zbekiston: 1.Otabek Boymurodov, 6.Jahongir O'rozov, 7.Aziz Xolmurodov ( 13. Asilbek Jumaev,56), 9.Sherzod Esanov, 10.Behruz Asqarov ( 18. Sardorbek Bahromov,70), 11.Zafarmurod Abdiraxmatov ( 2. Izzatillo Po'latov,56), 15.Diyor Ortiqboev, 16.Samandar Mavlonqulov (19. Nosir Abdusalomov,70), 17.Nodir Abdurazzoqov (14. Oybek O'rmonjonov, 89), 20.Mahmud Mahamadjonov ( 8. Saidafzalxon Axrorov, 89), 22.Otabek Ahadov.
Zaxira: 21. Edem Nemanov, 12. Samandar Muratbaev, 3. Xondamir Mustafoqulov, 4. Dilshod Abdullaev, 23. Rustam Turdimurodov, 24. Muhammadali Reimov, 5. Ravshan Xayrullaev.
Saudiya Arabistoni: 22. Muhannad Al Yahyo, 3. Muhammed Al Dosari, 5. Halid Al Asiri (,26. Abdulrahman Al Obaid,78) 13. Sulayman Hazazi, 14. Abbas Al Hassan (23. Bader Al Omair,60), 15. Faisal Al Subiani, 17. Abdulkarim Darisi, 18. Ayman Fallatah, 19. Majed Abdullah ( 20. Faisal Abdulvahid, 60), 25. Mubarak Al Rajeh (12. Abdullah Al Rashidi,87) 29. Murad Hudri
Zaxira: 21. Ammar Al Ammar, 8. Faisal Al Asmari, 11. Furaj Al Jayzani,
Ogohlantirish: Behruz Asqarov (O'zbekiston) 33, Mubarak Al Rajeh (Saudiya Arabistoni) 58, Muhammed Al Dosari (Saudiya Arabistoni) 75, Sherzod Esanov (O'zbekiston) , Izzatillo Po'latov (O'zbekiston) 90
90+5. Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.
90. OGOHLANTIRISH. Izzatillo Po'latov, O'zbekiston.
89. O'ZGARISH. O'zbekiston, Mahmud Mahamadjonov o'rniga Saidafzalxon Ahrorov, Nodir Abdurazzoqov o'rniga Oybek O'rmonjonov
87. OGOHLANTIRISH. Sherzod Esanov, O'zbekiston.
84. Qulay imkoniyatdan foydalana olmadik. Jumaev birga bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. Raqib posboni vaziyat qahramoni.
75. OGOHLANTIRISH. Muhammed Al Dosari, Saudiya Arabistoni
70. O'ZGARISH. O'zbekiston, Samandar Mavlonqulov o'rniga Nosir Abdusalomov, Behruz Asqarov o'rniga Sardorbek Bahromov tushdi.
64. Uchrashuvda ustunlik O'zbekiston tomonida. Raqib himoyaamizdagi xatolarni poylamoqda.
58. GOL. Saudiya Arabistoni uchrashuvda hisobni qisqartirdi. Murad Hudri uzoq masofadan aniq va kuchli zarba yo'llab Boymurodov darvozasini ishg'ol qildi.
56. O'ZGARISH. O'zbekiston, Aziz Xolmurodov o'rniga Asilbek Jumaev, Zafarmurod Abdirahmatov o'rniga Izzatillo Po'latov tushdi.
48. GOL. Uchrashuvda hisob yiriklashdi. Xolmurodov-Abdurazzoqov tandemi natijasida O'zbekiston Saudiya Arabistoniga uchinchi golni urdi. Nodir Abdurazzoqov tablodagi hisobni 3:0 ko'rinishiga keltirdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
45+2. Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
39. Saudiya Arabistoni terma jamoasi pressingda faol harakat qildi.
33. OGOHLANTIRISH. Behruz Asqarovga sariq kartochka ko'rsatildi.
32. Hakam jamoalarga 1 daqiqalik suv ichib olish imkonini berdi.
30. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar faol tarzda terma jamoamizni qo'llab-quvvatlamoqda.
24. Otabek Ahadovga og'zaki ogohlantirish berildi.
18. ZARBA. Mahmud Mahmadjonovning zarbasi juda kuchli ammo noaniq ko'rinish oldi.
11. GOL. O'zbekiston 2 daqiqada raqib darvozasiga ikkinchi golni urdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pdan so'ng Ortiqboev to'pni darvozaga burdi, darvozabondan qaytgan to'pdan so'ng Jahongir O'rozov gol muallifiga aylandi.
9. GOL. Qanotdan yuqorilatib uzatib berilgan to'pni Samandar Mavlonqulov boshi bilan darvozaga yo'lladi. Mahmud Mahamadjonovdan ajoyib uzatma bo'lganini ham aytib o'tish joiz.
5. Ilk daqiqalardan maydonda kurash kechmoqda.
- O'yin boshlandi. To'pni o'yinga O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze kiritib berdi.
- Mirabror Usmonov xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlandi.
- Ikki jamoa madhiyalari yangradi.
- Jamoalar maydonga chiqib keldi.
- O'zbek futboli faxriysi Ahrol Inoyatov Mirabror Usmonov haqida fikrlarini bildirdi.
- Mirabror Usmonov xotirasi yodga olinmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar