So’nggi yangiliklar

17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қачон кириб келганини биласизми?  0 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  1 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  28 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  1 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  0 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5 11:18Ўзбекистонлик футболчи Косовога йўл олмоқда  3

Otabek Jo'raqo'ziev: “Muxlislarimizni Superliga va OCHL uchrashuvlarida xursand qilamiz” Yangiliklar

Otabek Jo'raqo'ziev: “Muxlislarimizni Superliga va OCHL uchrashuvlarida xursand qilamiz”

“Andijon” klubining yozgi transferlaridan biri – bu “Paxtakor”dan taklif qilingan iqtidorli hujumchi Otabek Jo'raqo'ziev hisoblanadi.

Otabek Jo'raqo'ziev kuni kecha klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

- Otabek, “Andijon“ning yangi azosi sifatida o'zingizni qanday his qilmoqdasiz?

- Assalomu alaykum! Jamoaga qo'shilganimdan xursandman. O'zimni juda alo ravishda his qilmoqdaman.

- Mashg'ulotlarda va jamoaning ichida ko'rdikki, siz xuddi oldindan “Andijon“da o'ynayotgandek, eski futbolchilardek tasavvur uyg'otyapsiz. Moslashib ketish ortiqcha muammo tug'dirmadi, nazarimda, shunday emasmi?

- Moslashish qiyin bo'lmayapti. Chunki jamoadagi ayrim futbolchilar bilan birga harakat qilganmiz, ayrimlari bilan olimpiya termasida birga o'ynaganmiz. Shu bois moslashish qiyin kechmayapti.

- Aslida “Paxtakor“dan ketishingiz va “Andijon“ga o'tishingiz nima bilan bog'liq?

- Qisqa qilib aytganda, o'yin amaliyoti.

- Jamoa muxlislariga qanday aytar so'zingiz bor?

- “Andijon” muxlislari markaziy Osiyoda eng zo'rlaridan deb bilaman. Bunday muxlis to'la maydonda o'ynash har doim yoqimli bo'lgan. Uy uchrashuvlarini intiqlik bilan kutmoqdaman.

- Maksim Shackix ham kuchli hujumchi bo'lgan va endi siz uning qo'l ostida o'ynaysiz. Siz ham hujumchisiz va bu hol Shatskix boshchiligida yanada “ochilishingiz“ga xizmat qiladi, deb o'ylaysizmi?

- Albatta, Maksim Shackix qo'l ostida “Paxtakor”da ham o'ynaganman. Ko'p narsalarni o'rgatganlar. Hozir ham o'rganyapman va yana o'rganishda davom etaman.

- Shackixning o'yinlarini eslay olasizmi? Masalan, qaysi o'yinlari yoki gollarini?!

- Biz u paytda yosh bo'lganmiz. Lekin telefon orqali ko'rganman. Milliy termada eng yaxshi to'purarlardan biri bo'lgan. Gollariga kelsak, eng mashhur gollaridan biri “Real” Madridga urgan gollarini ko'rganman.

- “Andijon“ safida dastlabki o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdingiz, qanday taassurot qoldirdi?

- Birinchi uchrashuvni o'tkazdik, yaxshi o'yin bo'lib o'tdi, deb ayta olaman. Hozir jismoniy yuklamalar bilan harakat qilyapmiz, kamchilik ham bo'ldi. Lekin uni ustida ishlab, muxlislarimizni Superliga va OCHL uchrashuvlarida xursand qilamiz.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика