So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

"Hali transfer oynasidagi ishimizni tugatmadik. Himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirganmiz" - Vadim Abramov Yangiliklar

"Hali transfer oynasidagi ishimizni tugatmadik. Himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirganmiz" - Vadim Abramov

"Dinamo" bosh murabbiyi Vadim Abramov Belarusdagi yig'in yakunlanishi arafasida klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

"Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik reja asosida o'tmoqda. Uchta o'yindan ikkitasini o'tkazdik. Bunday bahslarda men uchun natija muhim emas, asosiysi tayyorgarlik jarayonidir. Birinchisida "Slaviya"ga yutqazgan bo'lsak-da, yangi o'yinchilarni, turli ishlanmalarni sinab ko'rdik. O'sha kuni maydon sifati yaxshi emasligi ikki tomonning ham o'yiniga tasir qildi. 

Ikkinchi o'yinda esa asosiy tarkibga yaqin bo'lgan 11 talikni dastlabki daqiqalardan sinadik. Yangi o'yinchilar tezroq moslashib olishi muhim edi va ular ham jamoada ancha vaqtdan buyon to'p tepayotgandek tezda kirishib ketayotgani meni xursand qildi. O'zi yaxshi saviyadagi o'yinchi uchun moslashish jarayoni uzoq kechmaydi. Debyutantlar o'yinidan qoniqyapman, umid qilamanki, Superliga va O'zbekiston Kubogining muhim bahslariga yaxshi tayyorgarlik bilan kirishamiz. Jahongir O'rozov, Oybek O'rmonjonov va Edem Nemanov terma jamoadan qaytishadi. Futbolchilarning oldindagi uchrashuvlarga jarohatsiz etib kelishi muhim. "Vitebsk"ga qarshi o'yindan keyin 26 iyul kuni O'zbekistonga qaytamiz va "Navbahor" bilan o'yinga so'nggi tayyorgarlikni Samarqandda o'tkazamiz.

Tarkibni kuchaytirish ishlari? Hali transfer oynasidagi ishimizni tugatmadik – yangi o'yinchilar uchun o'rin bor. Nomzodlarni ko'rayapmiz, ular orasida legionerlar ham bor, ammo ular bizga to'g'ri kelmayapti. Himoya chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirganmiz. Hali vaqt bor, moliyaviy jihatdan ham, o'yin jihatdan ham talablarimizga mos o'yinchini topsak, o'z safimizga qo'shib olamiz. Ammo Kojo misolida o'yinchilar talabi yuqori ekanini ko'rib turibsiz. Shunday ekan, imkoniyatimiz va o'yinimizga mos o'yinchini topsak, taklif qilamiz", – dedi Vadim Karlenovich.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика