"Navbahor"dan transfer taqiqi echildi
25 iyu 14:43
Yangiliklar
Bu haqda PFL matbuot xizmati malum qildi.
Yozgi transfer oynasida yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish uchun "Navbahor" uch bosqichda ish olib borishi lozimligi takidlangandi.
Kecha, 24 iyul kuni FIFA "Navbahor" klubiga nisbatan belgilangan transfer taqiqini olib tashladi. Mazkur taqiq Giorgi Nikabadze o'z maoshini vaqtida olmagani ortidan qo'yilgandi. Malum bo'lishicha, klub bu borada o'z majburiyatini to'liq bajargan.
Endilikda "Navbahor" o'zbekistonlik futbolchilar oldidagi majburiyatlarini ado etishga kirishgan. Liga ayni vaqtda mazkur masala qanday davom etayotganiga oydinlik kiritmoqda. Klub va futbolchilar o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, Namangan klubi shu yilning 1 iyul sanasiga qadar qarzdorlikni yopishi lozim edi. Mazkur sana viloyat hokimi tomonidan berilgan kafolat xatida ko'rsatib o'tilgan.
Shuningdek, Ligaga to'g'ridan-to'g'ri murojaat kiritgan sobiq murabbiy va boshqa mahalliy futbolchilar oldidagi majburiyatlar ham hal qilinishi lozim.
Malumot uchun, 30 iyul kuni O'zbekistonda yozgi transfer oynasi yopiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar