So’nggi yangiliklar

21:00Миллатлар лигаси. Тўртта ўйин бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  8 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  6 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  11 18:39Остон Ўрунов БААга қарши ўйинда майдонга тушмайдими?  11 18:31Германия Нагельсманн билан шартномани узайтирмоқчи  1 17:52Рустам Ашурматов Ўзбекистон МТЖ ихтиёрини тарк этади  5 17:20"Қумқўрғон-1977" Биринчи лигадан четлатилади  2 17:11Фарҳод Нишонов: "Футболчиларим Мессининг олдида "Мессини ёқиб олишди"  2 16:22"Ювентус" "Порту"дан ижарага олинган Консейсау бўйича қарор қабул қилди  1 15:55Эдегор қачон сафга қайтади?  0 15:25"Милан" юлдузи ўзига янги клуб танлади  2 14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  2

Osiyo kubogi-2023. "A" guruhi 3-tur o'yinlariga prevyu Yangiliklar

Osiyo kubogi-2023. "A" guruhi 3-tur o'yinlariga prevyu

Bugun Osiyo kubogining 3-tur bahslariga start beriladi.

Qatar — Xitoy

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa o'zaro 19 marotaba to'qnash kelgan bo'lib, ularning 8 tasida Xitoy, 6 tasida Qatar g'alaba qozongan. 5 uchrashuv durang bilan yakunlangan. To'plar nisbati: 16-23, Xitoy foydasiga.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Qatar 10 marotaba musobaqada ishtirok etib, 2019 yil chempionlikni qo'lga kiritgan.

Xitoy 12 marotaba musobaqada qatnashib, 1984 va 2004 yillarda kumush medal bilan kifoyalangan.


Guruhdagi holat

Qatar ikki o'yinda ikki g'alabaga erishgan holda keyingi bosqichga peshqadam sifatida yo'l olishni kafolatlagan.

Xitoy dastlabki ikki o'yinda 0:0 hisobi qayd etgan holda 2 ochko bilan 2-o'rinda bormoqda.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Qatar terma jamoasini 15.9 mln evro, Xitoy terma jamoasini esa 11.33 mln evroga baholagan.

Qatarning eng qimmat futbolchisi Akrom Afif 4.5 mln evro, Xitoyda esa Vu Lei 1.5 mln evroni tashkil etadi.


Murabbiylar fikri

Markes Lopes (Qatar terma jamoasi murabbiyi): "Bo'lajak o'yinda ham g'alaba qozonishni xohlaymiz, biroq o'zimizga qulaylik yaratishimiz kerak, shu bois kerakli o'yinchilarga imkoniyat beramiz. Bu degani tarkibni butkul o'zgaritiramiz degani emas. Bizda 26 nafar futbolchi bor va ularning barchasi yuqori darajadagi o'yin amaliyotiga ega hisoblanadi. Biroz o'zgarishlar amalga oshiramiz, lekin g'alaba uchun maydonga tushamiz. Osiyo kubogi uchrashuvi har qanday futbolchi uchun o'zini ko'rsatish imkoniyatini taqdim etadi. Raqibni hurmat qilamiz va muxlislarga mamnun etishga intilamiz."

Aleksandr Yankovich (Xitoy bosh murabbiyi): "Guruh bosqichining so'nggi o'yini oldidan barchasi o'zingizga bog'liq ekanligi ajoyib. Bu bizga berilgan imtiyoz hisoblanadi. Men Qatarning tarkibiga tasir o'tkaza olmayman, shu bois, raqib tarkibi meni xavotirga solmaydi. Men bor etiborimni o'z jamoamga qarataman. Hammasi oddiy: 11 kishiga qarshi 11 kishi maydonda saf tortadi va 90 daqiqa harakat qiladi. Boshqa o'yinlarga, boshqa guruhlarga parov qilmayman. Hammasi oddiy."

Qiziqarli faktlar

- Qatar Osiyo kubogi doirasida Xitoyga qarshi to'rtta o'yinning uchtasida mag'lub bo'lgan va bir marotaba g'alaba qozongan, ammo yagona g'alaba 2011 yil ikki jamoa o'rtasidagi so'nggi to'qnashuvda qo'lga kiritilgan.

- Xitoy 1992 yildan beri ilk marotaba Osiyo kubogining guruh bosqichida ketma-ket durang qayd etdi. 

- Qatar Osiyo kubogi guruh bosqichidagi so'nggi besh o'yinda g'alaba qozondi va o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Musobaqa tarixida Janubiy Koreya (6) va Eron (7) guruh bosqichidagi ketma-ket o'yinlarda shunday natijaga erishgan.

- Qatarlik Almoez Ali guruh bosqichidagi so'nggi 5 o'yinda 11 ochkoga erishdi (8 gol, 3 assist).


Imkoniyatlar: 40-30-30


Tojikiston — Livan

O'zaro o'yinlar tarixi

Ikki jamoa o'zaro ilk marotaba to'qnash keladi.


Osiyo kubogidagi ishtirok

Tojikiston o'z tarixidi ilk marotaba Osiyo kubogi final bosqichida ishtirok etmoqda.

Livan turnirda ikki marotaba ishtirok etib, har ikkisida guruh bosqichida qolib ketgan.


Guruhdagi holat

Tojikiston ikki turdan so'ng bir ochko jamg'argan holda uchinchi o'rinda bormoqda.

Livan ham ikki turdan keyin xuddi shuncha ochko to'plagan, faqat to'plar nisbatiga ko'ra arabalar so'nggi pog'onadan joy egallashgan.

Jamoalar qiymati

Nufuzli Transfermarkt portali Tojikiston terma jamoasini 7.5 million evro, Livan terma jamoasini Livan terma jamoasini 7.55 million evroga baholagan.

Tojikistonning eng qimmat futbolchisi Rustam Yatimov (900 ming evro), Livanning eng qimmat o'yinchisi Daniel Lajud (1 mln evro) hisoblanadi.


Murabbiylar fikri

Petr Segrt (Tojikiston terma jamoasi): "Ertangi o'yin ikkala jamoa uchun muhim. Osiyo kubogidan oldin hamma vaziyatga real qarayotgan edi. Livanga qarshi o'yin Tojikiston terma jamoasi uchun final bo'ladi. Guruhdagi uchala raqib ham kuchli jamoa edi. Xitoyga qarshi yaxshi natija qayd etdik, Qatar bilan o'yinda biroz omad etishmadi. Ertaga g'alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqamiz. Livan ham aynan shu narsani istashi aniq."

Miodrag Radulovich (Livan bosh murabbiyi): "Bizda turnirga tayyorgarlik ko'rish uchun bor-yo'g'i bir oy vaqt bor edi, biroq etarlicha kuch to'plaganimizga ishonaman. Hal qiluvchi o'yinda muxislar ham ko'p bo'ladi. Ularning qo'llab-quvvatlovi biz uchun katta ahamiyatga ega. O'ylaymanki, o'yindan keyin birgalikda g'alabani tantana qilamiz. Tojikiston yaxshi jamoa, biroq men shogirdlarimga ishonaman va biz yaxshi natijaga erishishga tayyormiz."

Qiziqarli faktlar

- Livan turnirda ilk marotaba to'qnash keladigan jamoalar ustidan faqat bir marotaba (2019 yil SHimoliy Koreya mag'lub etilgan) g'alaba qozongan. SHuningdek, boshqa olti yangi raqib bilan uchta durang va uchta mag'lubiyat qayd etgan.

- Tojikiston 1/8 final finalga yo'l olsa, debyut mavsumida plef-offga chiqqan XXI asrdagi to'rtinchi jamoaga aylanadi. 2004 yil Iordaniya, 2007 yil Avstraliya va 2019 yil Qirg'iz Respublikasi bu ishni uddalagan.

- Livan dastlabki ikki o'yinda gol ura olmadi. Agar Tojikiston darvozasi ham ishg'ol qilinmasa, bu ular uchun musobaqa tarixidagi eng uzun golsiz seriya bo'ladi.


Imkoniyatlar: 30-40-30\

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика