"Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvi "Jar"da o'tkazilmaydi
10 sen 01:31
Yangiliklar
"Olimpik" - "Metallurg" uchrashuvi "Jar"da o'tkazilmaydi
"Olimpik" hamda "Metallurg" o'rtasida o'tkazilishi rejalashtirilgan Superliganing 18-tur uchrashuvi boshqa stadionga ko'chdi.
Avvalroq "Paxtakor" Elit CHempionlar ligasi doirasidagi uy uchrashuvlarini Jar stadionida o'tkazishi haqida malumot berilgandi. Mazkur musobaqaning ilk turida "Paxtakor" "Al Vasl" klubini qabul qiladi. Bellashuv 17-sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
SHundan kelib chiqib, Superliga 18-turidan o'rin olgan "Olimpik" — "Metallurg" uchrashuvi Associaciya bilan kelishuv asosida 16-sentyabr kuni Do'stlik stadionida o'tkaziladi. U21 jamoalari ishtirokidagi o'yin esa 18-sentyabr sanasida Jar yordamchi maydonida bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan.
Fikrlar