So’nggi yangiliklar

23:05Самарқандда хайрия учрашуви: "Динамо" фахрийлари Ўзбекистон МТЖ афсоналари учрашувида 8 та гол урилди  14 22:31Данни Блинд "Аякс"ни тарк этади  0 22:02Расман: "Барселона" собиқ футболчиси Ашурматов ва Машариповнинг жамоадошига айланди  2 21:22U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Қирғизистон билан дуранг ўйнади  73 21:09Суперлига 21-тур ҳакамлари расмийлари маълум. Марказий тўқнашувни ким бошқаради?  4 20:30Интервью. Жоэль Кожо: "Динамо"га қайтишим мумкин эди, лекин "Истиқлол"ни фақат "Нефтчи" рози қила олди"  5 20:00УEФА 11 сентябрь куни "Вильярреал" – "Барселона" ўйини қаерда ўтиши ҳақида қарор қабул қилади  3 19:38"Барселона" футболчиси жароҳати сабаб терма жамоа ихтиёрини тарк этди  3 19:10МЮ собиқ футболчиси Англия эмас, Конго ДР шарафини ҳимоя қиладиган бўлди  1 18:26"Челси" "Барселона" футболчисидан умидини узмаган  1 17:54Луческу – терма жамоалар тарихидаги энг ёши катта мураббий  1 17:25U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистон Канадани пенальтилар сериясига кўра мағлубиятга учратди  8 16:59Мбаппе Анрига етиб олди  9 16:35Ўзбекистон МТЖ Panini билан ҳамкорлик қилади   10 16:13ФИФА президенти CAFA Nations Cup финалига келади  10

OKMKning yangi posboni Humoyunshoh Sayyotov: "Yosh yigitchaning bolalikdagi orzusi amalga oshdi" Yangiliklar

OKMKning yangi posboni Humoyunshoh Sayyotov: "Yosh yigitchaning bolalikdagi orzusi amalga oshdi"

Xabaringiz bor, OKMK jamoasini transferlar oynasida darvozabon Valijon Rahimov tark etdi.

Klub esa uning o'rnini munosib to'ldirish maqsadida yosh posbon Humoyunshoh Sayyotov bilan shartnoma imzoladi. Olmaliqliklarning yangi kiperining o'tgan mavsum va OKMK haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. 


- "Qizilqum" bilan o'tgan 2024 yil nimalar bilan yodda qoldi?

- Mazkur jamoa bilan ko'plab tarixiy natijalarga erishdik. 20 yil deganda grand jamoa "Paxtakor"ni mag'lubiyatga uchratdik. Toshkentda "Bunyodkor"dan ustun keldik. Ammo mavsum o'rtasiga kelganda ruhan charchab qoldik deya olaman. Biz har bir o'yin uchun taxminan 1000 kilometr masofa sarfladik. Bu klub va muxlislar uchun katta mashaqqat hisoblanadi. SHunga qaramay Superligada o'rnimizni saqlab qoldik. 

- Avvalgi jamoalarga nisbatan bu mavsum ko'proq aniqrog'i 10 ta o'yinda maydonga tushdingiz. Bu o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirdimi?

- Albatta. Buning uchun bosh murabbiy Jamshid Saidov va klub rahbariyatiga minnatdorchilik bildiraman. Afsuski, bugungi kunda juda kam murabbiylar yosh darvozabonlarga ishonch bildirishadi. O'ylaymanki, uyaltirib qo'ymadim. 

- "Qizilqumni tark etdingiz. Bu qaror murabbiy va qolgan futbolchilarning ketishidan so'ng yuzaga keldimi?

- Siz aytgan faktorlar to'g'ri. Lekin asosiy sabab oilaviy sharoitimdan kelib chiqib ish tutdim. 7 yil deganda endi Toshkentga qaytdim (kuladi). OKMK O'zbekistonning amaldagi vice-chempioni. O'zim uchun to'g'ri qarorni qabul qildim.

-  OKMKda afsonaviy Mirjalol Qosimov qo'l ostida o'ynaysiz. Olmaliq klubi tarkibni sekin yoshartirmoqda. Yangi jamoangiz bilan kelishuv qanday amalga oshdi? Nimalar kutyapsiz?

- Klub rahbari Bahodir Mirzaev bilan uchrashib yakunda ikki yillik shartnoma imzoladik. Xabaringiz bor, "Bunyodkor" akademiyasi tarbiyalanuvchisiman. Bolaligimizda asosiy jamoaning har bir o'yinida maydondagi futbolchilarga to'p olib berib turardik. O'shanda Mirjalol Qosimov bosh murabbiy, Murod Zuhurov darvozani qo'riqlardi. Tengdoshlarim bilan ularning jamoalarida o'ynashni orzu qilardik. Allohning qudrati bilan ularning jamoalariga keldim. Bir so'z bilan aytganda yosh yigitchaning bolalikdagi orzusi amalga oshdi.

- 2025 yilgi maqsadlaringiz qanday?

- Hozir qishki yig'inlarda maksimal darajada ishlab yangi mavsumga jismonan va ruhan tayyor bo'lishim kerak. Qolgani xudodan. Mehnatimizga yarasha mevasini olamiz.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика