So’nggi yangiliklar

23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  3 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  8 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  27 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  11 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  95 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  11 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18

OFK prezidenti shaffof saylov haqida gapirdi Yangiliklar

OFK prezidenti shaffof saylov haqida gapirdi

Kuala-Lumpurda joylashgan OFK shtab-kvartirasida OFKning 28-kongressi bo'lib o'tdi.

Bunda so'zga chiqqan OFK prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bir qator masalalarni ilgari surdi. Xususan tashkilot rahbari 2019 yil 6 aprel kuni bo'lib o'tadigan OFK prezidenti saylovida hammasi shaffof bo'lishi kerakligini aytdi.

OFK prezidenti shunday dedi: "Hammangiz yaxshi bilasiz, saylov nihoyatda muhim jarayon hisoblanadi va hammasi feyr pley asosida o'tishi lozim. Xuddi futbolda bo'lgani kabi hammamiz saylov qoidalarini hurmat qilishimiz lozim".

"O'tgan besh yil mobaynida biz keng ko'lamdagi ishlarni amalga oshirdik. OFK rivojlanish sari dadil qadam tashladi. Biz saylov jarayonida uchinchi qo'llarning aralashuviga yo'l qo'ymaymiz. Hammasi qoida asosida kechishi kerak. OFKga azo barcha mamlakatlar o'zlari tanlagan nomzodga ovoz berish huquqiga egalar. Biz - bir oilamiz va buni unutmaslik lozim".

"2013 yildan beri Osiyoda futbol rivoji uchun ko'p ishlarni amalga oshirdik. OFK azo tashkilotlar birlashib ishlashi uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Biz birgalikda mana shu tamoyillarni himoya qilishimiz kerak. OFK hammamiz birgalikda qurgan jamiyatni hech kimning buzishiga yo'l qo'ymaydi".

SHayx Salmon shuningdek, keyingi saylovda o'z nomzodini qo'yishini malum qildi. Bu borada OFK rahbari shunday dedi: "Toshkentda bo'lib o'tgan yig'ilishda men keyingi prezident saylovida o'z nomzodimni qo'yishimni aytib o'tgandim. SHuncha yil tashkilotga rahbarlarlik qildim va bundan keyin ham o'z ishimni munosib davom ettirishni xohlayman. Men OFKga azo 40 mamlakatdan nomzodimni qo'llab-quvvatlovchi xat oldim va bundan juda xursandman".

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика