Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining avgustdagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
27 avg 18:00
Yangiliklar
Championat.asia hamda Transfermarkt O'zbekiston Superligasining avgustdagi eng yaxshi murabbiyi va futbolchisini aniqladi
Ovoz berish natijalariga ko'ra, Vitaliy Levchenko avgust oyida Superliganing eng yaxshi murabbiyi bo'ldi. Uning qo'l ostida "Neftchi" 5 o'yinda 4 g'alabaga erishdi, natijada Farg'ona klubi Superliga peshqadami va O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf"ga bir ochko yaqinlashdi. Levchenko 50 foiz ovoz to'plagan bo'lsa, "Qizilqum" ustozi Akmal Rustamov 25 foiz bilan ikkinchi o'rinni band etdi.
Rustam Turdimurodov Superliganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisiga aylandi. U yozgi transfer oynasida "Andijon"dan "Surxon"ga o'tdi. Hujumchi yangi jamoasi safida 5 o'yinda 4 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Turdimurodovga rezidentlarning 56 foizi ovoz berdi, ikkinchi pog'onani "Qizilqum" darvozaboni Sanjar Quvvatov (25 foiz) egalladi – u to'rt marta "nol"ga o'ynadi va 5 o'yinda atigi 1 ta gol o'tkazib yubordi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar