So’nggi yangiliklar

21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  0 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  4 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 20:10"Бунёдкор" - "Бухоро" (онлайн ҳисоб)  16 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   12 17:04Франк Рибери бу йил "Олтин тўп"га ким муносиб эканлигини айтди  10 16:31Роберто Карлосга Одил Аҳмедов ва "Реал" ҳақида савол берилди  2 16:16Фабио Каннаваро: "Айни пайтда ҳимоячининг ваколат доираси кенгайган"  0 15:52Эрон CAFA мусобақасида иштирок этадиган футболчилар рўйхатини эълон қилди  11 15:03Моуринью "Фенербахче" раҳбариятини танқид қилди  5 14:40Чемпионлар лигаси янги мавсумида ўйналадиган тўп намойиш этилди  0 14:25Фламарион дубль қайд этганига қарамай, танаффусда захирага олинганига муносабат билдирди  5 13:45Неъматилло Қутибаев: "Тўғрисини айтаман, "ФарДУ" бизга нисбатан яхшироқ ўйнади"  0

OKMK futbol akademiyasi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi Yangiliklar

OKMK futbol akademiyasi uchun yangi zamonaviy bino foydalanishga topshirildi

So'nggi yillarda Olmaliq KMK AJ bolalar futboliga alohida etibor qaratib kelmoqda.

Shu doirada OKMK professional futbol jamoasi qoshida futbol akademiyasi tashkil etilib, yosh sportchilar uchun zamonaviy maydonlar va sharoitlar yaratildi. Endilikda tarbiyalanuvchilar nafaqat talim olish, balki futbol sirlarini chuqur o'rganish imkoniyatiga ega bo'ldilar.


Bugun «Olmaliq KMK AJ» xomiyligida barpo etilgan akademiya binosi rasman foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida OKMK professional futbol klubi prezidenti Abdullo Xursanov, bosh direktor Bahodir Mirzaev, klub bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, O'zbekiston futbol associaciyasi vice-prezidenti Odil Ahmedov, texnik direktor Gi Kiala, O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev, Qirg'izistonning O'sh shahridagi A.Momunov nomidagi futbol akademiyasi direktori Timur Abdullaev, Toshkent viloyati futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Asqar Jadigerov, O'FA masullari Rahmiddin Zikriyaev, Mamur Saidqosimov, Baxtiyor Shirinov va Bahrom Umarov, «Bunyodkor» akademiyasi direktori Shavkat Saidov, taniqli futbol sharhlovchilari Mirzahakim To'xtamirzaev va Xayrulla Hamidov, OKMK sobiq futbolchisi Sanjar Tursunov, Toshkent viloyati futbol mehnat faxriylari, murabbiylar, yosh futbolchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.


Tadbir davomida so'z olgan masullar Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning futbol sohasiga qaratayotgan yuksak etibori natijasida yosh sportchilarning imkoniyatlari kengayib borayotgani, akademiya binosining esa bu jarayonga muhim hissa qo'shayotgani takidlandi. Shuningdek, Olmaliqda ham kombinat tomonidan futbol rivojiga berilayotgan etibor yuqori baholandi.


Pudrat tashkiloti tomonidan OKMK xomiyligida 2025-yil yanvar oyidan boshlab 8 oy davomida sobiq «Bahor» mehmonxonasi kapital rekonstrukciya qilinib, puxta, zamonaviy va qulay binoga aylantirildi. Akademiya binosi 210 o'rinli bo'lib, unda yotoqxona, oshxona, trenajyor zali, kir yuvish va tibbiyot xonalari eng so'nggi standartlarga mos tarzda tashkil etildi.


Zamonaviy jihozlar bilan taminlangan binoda 7 yoshdan 19 yoshgacha bo'lgan futbolchilar nafaqat qulay yashash va dam olish imkoniyatiga ega, balki o'z bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashlari uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Shu maqsadda binoda 3 ta zamonaviy o'quv xonasi tashkil etilib, yosh sportchilar ingliz tilini o'rganishadi, nazariy bilimlarini oshirishadi hamda o'yinlarning video-tahlili orqali taktika va strategiyalarni egallashadi. Har bir xona futbol hayotining turli jihatlarini aks ettiruvchi suratlar bilan bezatilgan bo'lib, tarbiyalanuvchilarni ruhlantiradi. 


Akademiyada 30 nafar tajribali murabbiylar zamonaviy metodologiyalarni qo'llagan holda futbol sirlarini yoshlarga o'rgatishadi. Etiborlisi, OKMK futbol akademiyasi mamlakatimizdagi yotoqxonali to'rtinchi akademiyaga aylandi. Malumot o'rnida, «Nasaf», «Mashal» va «Bunyodkor» akademiyalarida ham yotoqxonalar mavjud.


Bugungi kunda akademiyada yoshlar sport bilan muntazam shug'ullanishi va futbol sirlarini o'rganishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish dasturi rahbari Denis Xomutov boshchiligida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada, joriy yilning iyul oyida akademiyaning 9 va 12 yoshli bolalar jamoasi qo'shni Qirg'iziston Respublikasida o'tkazilgan xalqaro turnirda bosh sovrinni qo'lga kiritishdi, U-10 yosh toifasidagi jamoa esa uchinchi o'rinni egalladi. Bundan tashqari, akademiyaning U-13 va U-14 yoshli o'smirlari Qozog'istondagi xalqaro musobaqada o'z kuchlarini namoyish etib, tengsiz ekanliklarini isbotlashdi. Shuningdek, avgust oyi boshida Olmaliqda o'tkazilgan «OKMK kubogi» xalqaro turnirida esa U-13 tarbiyalanuvchilari chempionlikni qo'lga kiritishdi.


So'nggi so'z o'rnida aytish mumkinki, yangi binoning ochilishi nafaqat akademiya tarbiyalanuvchilari uchun qulay va zamonaviy sharoitlar yaratdi, balki Olmaliq futbolining kelajagi uchun mustahkam poydevor bo'ldi. Endilikda yosh futbolchilar nafaqat bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishlari, balki xalqaro maydonlarda o'zini sinab, yuksak natijalarga erishish imkoniga ega bo'ldilar. Shu bilan birga, akademiya binosi ularni professional sportga tayyorlash, liderlik qobiliyati va jamoaviy ruhni shakllantirishga xizmat qiladi. Kelajakda esa Olmaliqdan etishib chiqqan yosh futbolchilar nafaqat mamlakatimizni, balki jahon futbol maydonlarini zabt etishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi, desak mubolag'a bo'lmaydi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика