Mbappe, Dembele, Tyuram, Menyan, Sherki va Olise - Franciyaning Ukraina va Islandiya bilan o'yin uchun tarkibida, Ekitike esa yo'q
27 avg 20:15
Yangiliklar


Mbappe, Dembele, Tyuram, Menyan, Sherki va Olise - Franciyaning Ukraina va Islandiya bilan o'yin uchun tarkibida, Ekitike esa yo'q
Francuzlar JCH-2026 saralashi doirasida 5 sentyabr kuni Polshada Ukraina bilan o'ynaydi, 9 sentyabr kuni esa Parijdagi "Park de Prens"da Islandiyani qabul qiladi.
Darvozabonlar: Lyuka Shevale (PSJ), Mayk Menyan ("Milan"), Bris Samba ("Renn");
Himoyachilar: Lyuka Din ("Aston Villa"), Malo Gyusto ("Chelsi"), Lyuka Ernandes (PSJ), Teo ("Al Hilol"), Ibrahim Konate ("Liverpul"), Jyul Kunde ("Barselona"), Vilyam Saliba ("Arsenal"), Dayo Upamekano ("Bavariya");
Yarim himoyachilar: Dezire Due (PSJ), Kuadio Kone ("Roma"), Adrien Rabo ("Marsel"), Orelen Chuameni ("Real"), Kefren Tyuram ("Yuventus");
Hujumchilar: Magn Akliush ("Monako"), Bredli Barkolya, Usmon Dembele (ikkalasi ham - PSJ), Rayan Sherki ("Manchester Siti"), Kilian Mbappe ("Real"), Maykl Olise ("Bavariya"), Markus Tyuram ("Inter").
"Liverpul"ning yangi futbolchisi Yugo Ekitike tarkibga kiritilmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar