Otabek Shukurov: "Bundan buyon JCHga chiqqan jamoamiz, shunga yarasha o'ynashimiz kerak"
27 avg 20:52
Yangiliklar
Otabek Shukurov: "Bundan buyon JCHga chiqqan jamoamiz, shunga yarasha o'ynashimiz kerak"
"Terma jamoa bilan yig'inni boshlab oldik. O'zimizda o'tadigan CAFAga hozirlik ko'ryapmiz. Asosiy masala – Jahon chempionatiga tayyorgarlik. O'ylaymanki, mana shunday musobaqalar va keyingi o'yinlar bizga asqatadi. Har bir raqib o'z vatani shanini himoya qiladi. Biz ham shu maqsadda harakat qilamiz. Bundan buyon JCHga chiqqan jamoamiz, shunga yarasha o'ynashimiz kerak.
Raqiblar yaxshi saviyadagi jamoalar deb bilaman. Asosiysi, o'zimiz yaxshi tayyorgarlik ko'rishimiz lozim. Shunda JCHga tayyor holda etib boramiz.
Jarohatim anchaga cho'zildi va ko'p vaqt davolandim. O'ylaymanki, sekin-asta jamoaviy mashqlarga kirishaman. Hammasi ortda qoldi. Bundan buyog'iga yaxshi bo'ladi degan umiddaman", – dedi terma etakchilaridan biri.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston CAFA musobaqasidagi yurishini 30 avgust kuni O'mon bilan o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv "Olimpiya" stadionida 19:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar