Ravshan Haydarov: "Hech qachon raqiblarga past nazar bilan qarash kerak emas"
27 avg 23:25
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Hech qachon raqiblarga past nazar bilan qarash kerak emas"
"Osiyo Kubogi saralash bosqichiga yil davomida tayyorgarlik jarayonini olib bormoqdamiz. Hozirgi yig'inimiz oldimizga qo'ygan jiddiy maqsadlarni amalga oshirish uchun qilinmoqda. Yigitlarning holati ham, kayfiyati ham alo darajada. Ularning ko'pchiligi klublarida asosiy o'yinchiga aylanib boryapti. Bu quvonarli holat.
Yigitlar yig'inga MTJdan keyingi terma jamoada o'ynashlarini hisobga olgan holda kelishadi. Shuning uchun ularning kayfiyati yuqori. Ular MTJda o'ynashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.
Hech qachon raqiblarga past nazar bilan qarash kerak emas. Avvalambor, o'z o'yinimizni shakllantirishimiz kerak, keyin raqibni o'rganish lozim. Falastin ancha vaqtdan beri tayyorlanyapti, yaqinda Qirg'iz Respublikasi bilan ham o'ynadi. Raqiblar to'g'risida yangi-yangi malumotlarni to'playapmiz", – dedi tajribali mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, jamoa 30 avgust sanasida U-23 Osiyo Kubogi saralashida ishtirok etish uchun Bishkekka yo'l oladi. Ravshan Haydarov shogirdlari saralashda Shri-Lanka, Qirg'iz Respublikasi va Falastinga qarshi bahs yuritadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar