So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  37 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  176 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

O'FA akademiyalar bilan shartnoma shartlariga rioya qilmagan 7 ta klubni rasman ogohlantirdi Yangiliklar

O'FA akademiyalar bilan shartnoma shartlariga rioya qilmagan 7 ta klubni rasman ogohlantirdi

Teglar :  akademiyalarO'FA
O'z futbol maktabi yoki akademiyasiga ega bo'lmagan futbol klublari licenziyalash talablarini bajarish uchun O'FA qoshidagi futbol maktabi yoki akademiyasi bilan shu yilning yanvar oyida hamkorlik shartnomasi imzolagan.

Unga ko'ra, maktab yoki akademiya tarbiyalanuvchilari licenziyalash talabida ko'rsatilgan yosh toifalari o'rtasidagi musobaqalarda futbol klubi sharafini himoya qilishi, o'z navbatida futbol klubi maktab yoki akademiya moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun ko'maklashishi lozim edi.

O'FA bilan kelishuv asosida "Buxoro", "Qizilqum" va "Neftchi" klublari viloyat futbol maktablari bilan, "So'g'diyona", "Dinamo", "Navbahor", "Aral" esa viloyat akademiyalari bilan shartnoma imzolagan. O'tgan davr mobaynida mazkur klublar U19 va undan kichik yosh toifasidagi musobaqalarda mazkur maktab va akademiyalar tarbiyalanuvchilari bilan ishtirok etdi. Ammo klublar shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish masalasini hozirga qadar ortga surib keldi. Ulardan ayrimlari shartnoma shartlarini qisman bajargan. 

SHundan kelib chiqib, O'FA 14 dekabr kuni mazkur 7 klubga ogohlantirish xati yubordi. Unga ko'ra, klublar o'z zimmasidagi majburiyatni 10 kun ichida hal qilmasa, ularga qishki transfer taqiqi qo'yish masalasi tegishli qo'mitaga kiritiladi. Yani, barcha masala 24 dekabr kunigacha hal qilinishi lozim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика