So’nggi yangiliklar

23:28АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...  50 22:58"Милан" АПЛ юлдузини сотиб олиши мумкин  1 22:35Акмал Рустамов: "Андижон" ОЧЛда ўйнаяпти, уларга ҳам оғир"  4 22:20Суперлига. "Хоразм" - "Сўғдиёна" 0:2  0 22:12Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади  70 22:05Суперлига. "Қизилқум" – "Андижон" 2:1  0 21:50Максим Шацких: "Рақиб бутун 90 дақиқа давомида уч марта ҳужумга ўтиб, иккита гол урмоқда"  9 21:35IV Ислом Бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон ярим финалда Эронга мағлуб бўлди  1 21:23Эшитдик-да! Левченко "Нефтчи"да қолади  10 20:56Ўзбекистон U-17'нинг бугунги машғулотидан суратлар  3 19:50Расман: Тимур Кападзе Ўзбекистон МТЖдан кетди  26 19:44"Барселона" "Ливерпуль" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:08Суперлига. "Сўғдиёна" сафарда 10 киши қолган "Хоразм"ни мағлуб этди   14 18:45ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда аутсайдерни мағлуб этди, Раҳмоналиев ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  0 18:21Неъматулла Қуттибоев: "Локомотив"га қарши 4 ўйин ўтказган бўлсак, шуларнинг 3тасида биз улардан яхшироқ эдик"  0

OCHL. "Paxtakor" OCHLni mag'lubiyat bilan boshladi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" OCHLni mag'lubiyat bilan boshladi

Osiyo CHempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Sepaxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Paxtakor" — "Sepaxon" 1:3 (TUGADI)

Bosh hakam: Adham Muhammad Maxadmex (Iordaniya)

Qanot hakamlari: Ahmad Muannis Alroalli, Muhammad Mustafo Alkalaf (ikkisi – Iordaniya)

To'rtinchi hakam: Muhammad Hasan Maxmud Arafa (Iordaniya)

22.15, "Qirol Abdulla" stadioni 

Gol: Dragan CHeran 28, 1:0, SHahriyor Mug'anlu 49, 1:1, SHahriyor Mug'anlu, 55 1:2, Sayid Xusayni 70, 1:3

"Paxtakor": 33.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Aleksey Larin, 21.Kamen Xadjiev, 34.Farruh Sayfiev, 7.Odiljon Hamrobekov (28.Diyor Xolmatov, 87)27.Sardor Sobirxo'jaev, 6.Ikrom Aliboev ( 11.Sardor Rashidov, 65), 8.Azizbek Turg'unboev ( 77.Mirjahon Mirahmadov, 76), 18.Hojimat Erkinov, 10.Dragan CHeran

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 23.SHerzod Azamov, 29.Jasurbek Yoqubov, 88.SHahzod Azmiddinov, 16.Ruslan Roziev, 42.Abbosbek Fayzullaev, 46.SHaxriyor Jabborov,

"Sepaxon": 45.Rashid Mazahiri, 2.Muhammad Nejad, 11.Danial Esmailifar, 19.Omid Nor Akfan, 30.Georgiy Gvelesiani, 21Said Muhammad Karimi, 73.Surush Rafei (6.Masud Riki, 76), 7.Said Hussayni (77.Rizo Mirzaei, 90), 10.Farshod Ahmadzoda (17.Jaloliddin Ali Muhammadi, 87), 9.Sajad SHahbozzoda (20.Milod Jahoni, 87), 70.SHahriyor Mo'g'anlu

Zaxira: 1.Kristofer Knett, 5.Izzat Purgaz, 14.Arya Yusefi, 66.Muhammad Riza Mehdizoda,  23.Amirmuhammad Badili, 80.Yasin Salmoni

Ogohlantirish: SHahriyor Mogxanlo ("Sepaxon") 25, Surush Rafei ("Sepaxon") 33, Said Muhammad Karimi ("Sepaxon") 34, Kamen Xajiev ("Paxtakor") 64


MATNLI TRANSLYACIYA



Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. O'ZGARISH. "Sepaxon", Said Hussayni o'rniga Rizo Mirzaei tushdi. 

87. O'ZGARISH. "Sepaxon", Farshod Ahmadzoda o'rniga Jaloliddin Ali Muhammadi, Sajad SHahbozzoda o'rniga Milod Jahoni tushdi. 

87. O'ZGARISH. "Paxtakor", Odil Hamrobekov o'rniga Diyor Holmatov tushdi. 

83. ZARBAAAAAAAA. UXXX. Dragan CHeranning zarbasi darvoza to'siniga tegdi. 

76. O'ZGARISH. "Paxtakor", Aziz Turg'unboev o'rniga Mirjahon Mirahmadov tushdi. 

76. O'ZGARISH. "Sepaxon", Surush Rafei o'rniga Masud Riki tushdi. 

70. GOL. "Sepaxon" ikkinchi bo'limda "Paxtakor" himoyasini buzib tashlamoqda. Said Xusayni jarima maydonchasi chizig'iga yaqin joyda darvozaning narigi burchagini aniq nishonga oldi. Afsus!

65. O'ZGARISH. "Paxtakor", Ikrom Aliboev o'rniga Sardor Rashidov tushdi. 

64. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Kamen Xajiev. 

55. GOL. Yana o'sha SHahriyor Mug'anlu. Himoyadagi xatodan u foydalanib ketdi. Mug'anludan dubl.

49. GOL. "Sepaxon" hisobni tenglashtirdi. Burchakdan uzatib berilgan to'pni SHahriyor Mug'anlu darvozaga aniq yo'lladi. Himoyachilar uni etiborsiz qoldirishgandi. 

46. "Sepaxon" ikkinchi taymni hujumlar bilan boshladi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 


43. SUYUNOOOOOOOOV. SEEEEEYV. UXXXXXX. Said Hussaynining yaqin masofadan tepgan to'pini Suyunov qaytardi. Suyunov o'z vaqtida to'p chiqib kelib reakciya ko'rsatdi. 

37. "Sepaxon" futbolchisi SHahriyor Mug'anlu zarbasi darvozaning tepasidan o'tib ketdi. 

37. ZARBAAAAAAAAA. Aziz Turg'unboev raqib darvozasi tomon kuchli zarba yo'lladi. Biroz noaniq.

34. OGOHLANTIRISH. "Sepaxon" futbolchilari qo'pol o'ynashga o'tdi. Navbat Said Muhammad Karimiga. U ham sariq kartochka bilan siylandi. 

33. OGOHLANTIRISH. "Sepaxon" futbolchisi Surush Rafeiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

31.  "Sepaxon" bosimni oshirdi. Farshod Ahmadzodaning zarbasi kuchli chiqdi. To'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi. 


28. GOOOOOOOOOOOOOOOL, CHERAAAAAAAAAAAAAN. YASHAVOOOOOOOOR. BO'LAR EKANKUUUUUUUUU Xojimat Erkinovning qoyilmaqom uzatmasini Dragan CHeran darvozaga yaqin hududda qabul qilib olib gol urdi. Xojimat Erkinov mazkur golda katta hajmdagi ishni bajarib berdi. 

25. OGOHLANTIRISH. "Sepaxon", SHahriyor Mogxanlo hakam tomonidan ogohlantirildi. 

24. ZARBAAAAAAAAAA. UXXXXX. "Sepaxon" futbolchisining xavfli zarbasini Eldor Suyunov qaytardi. 

10. XAVFLI VAZIYAYAYAYAT. "Sepaxon" futbolchisi Farshod Ahmadzodaning zarbasi juda xavfli chiqdi. Markaziy himoyachilar futbolchiga erkin harakat qilishiga yo'l qo'yib berishdi. 

Ilk daqiqalardan jamoalar kurashga kirishishdi. 

O'yin boshlandi.

-  Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda. 

Reyting: +47   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика