Rasman: Igor Sergeev "Persepolis" futbolchisiga aylandi
05 jan 18:07
Yangiliklar
Rasman: Igor Sergeev "Persepolis" futbolchisiga aylandi
Malum bo'lishicha, 32 yoshli hujumchi yangi jamoasida 19-raqam ostida harakat qiladi.
Avvalroq O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeevning "Persepolis" bilan shartnomasi 1,5 mavsumlik bo'lishi malum bo'lgan edi. U shu vaqt ichida taxminan 1,5 mln dollar ishlab topadi.
"Men "Persepolis"ga kelayotganimda Oston O'runov bilan maslahatlashdim. Ushbu klub ajoyib muxlislarga ega. Bu erda ekanligimdan baxtiyorman.
Eron jamoalari haqida ko'plab malumotlarni bilardim, bu erda yaxshi do'stlarim ko'p. Ilgari fors jamoalarida o'ynamaganman, endi buni sinab ko'rish vaqti keldi.
Qancha gol urishim sir bo'lib qo'ya qolsin, mavsum oxirida gaplashamiz", – dedi Sergeev.
Avvalroq u "Paxtakor" bilan xayrlashgan edi.
Eslatib o'tamiz, "qizillar tarkibida O'zbekiston termasining boshqa bir futbolchisi – Oston O'runov o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
Сергеевни Эрон клубига ўтганлиги терма жамоа учун фойдадан ҳоли эмас.