So’nggi yangiliklar

23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  0 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  5 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  26 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:28Конференциялар лигаси саралаши финали. "Крайова" - "Истанбул Башакшехир" баҳси асосий таркиблари маълум!  25 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  74 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  6

OCHL. Murabbiylar o'yindan oldin nima deyishdi? Yangiliklar

OCHL. Murabbiylar o'yindan oldin nima deyishdi?

Teglar :  OCHL
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/2 finalidan o'rin olgan javob bahsi o'tkaziladi.

Tehrondagi "Ozodi" stadionida "Persepolis" Qatarning "Al Sadd" klubini qabul qiladi. Malumki, birinchi o'yinda eronliklar safarda 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi o'yindan so'ng finalga chiqqan omadli jamoa nomi malum bo'ladi. Javob uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida har ikki jamoa ustozlari o'z fikrlarini bildirishdi.

Jezualdu Ferreyra ("Al Sadd" bosh murabbiyi):
- "Birinchi o'yinda biz yaxshi o'ynagandik, biroq raqib g'alaba qozondi. Biz javob uchrashuviga ham faqat g'alabani ko'zlab kelganmiz. SHogirdlarim "Persepolis"ni mag'lub etadigan kuchga ega. Bu o'yin ikkala jamoa uchun ham qiyin bo'ladi. Kurash so'nggi soniyalarga qadar kechadi. O'ylaymanki, hakam bizga qarshi noto'g'ri qarorlar chiqarmaydi. O'yin boshlanishi bilan hujumga o'tib tezkor gol kiritishga harakat qilamiz. Biz Eronga faqat g'alaba uchun kelganmiz".

Branko Ivankovich ("Persepolis" bosh murabbiyi):
- "Avvalo shuni aytishim kerak, yarim finalga chiqishning o'ziyoq katta natija. Bu natijani ketma-ket ikkinchi yil uddaladik. "Al Sadd" bilan bitta guruhda o'ynagandik va bu jamoani juda yaxshi bilamiz. Biz muxlislar uchun o'ynaymiz, uydagi o'yinlarda eng katta ustunligimiz ham ishqibozlarimiz ko'pligida. "Al Sadd" kuchli jamoa. Raqib tarkibida Xavi, Gabi, Bagdad Bunedja singari futbolchilar bor, lekin bizning tarkib ham o'ziga yarasha kuchli. Men mana shu to'qnashuvga o'z muxlislarimizni stadionga chorlab qolaman".

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика