Hali qaydnomaga ham kirib ulgurmagan "Nasaf" legioneri safdan chiqdi
26 avg 15:54
Yangiliklar


Hali qaydnomaga ham kirib ulgurmagan "Nasaf" legioneri safdan chiqdi
Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevning xabar berishicha, qarshiliklarning nigeriyalik yarim himoyachisi Sokari Kingsli jarohatlangan.
"Sokari Kingsli mashg'ulotda jarohat olib malum muddatga safdan chiqdi. Katta ehtimol bilan Elit OCHLning dastlabki ikki turini o'tkazib yuboradi", – deyiladi xabarda.
"Nasaf" 30 yoshli Kingslini transfer oynasining so'nggi kunida safiga qo'shib olgan edi. U jamoa bilan 1 yillik shartnoma tuzgan.
Etiborlisi, xavbek hali "Nasaf" tarkibida maydonga tushib ulgurmagan.
Malumot o'rnida, qarshiliklar 15 sentyabr kuni Elit OCHL 1-turida "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) mehmoni bo'lsa, 29 sentyabrda o'z uyida Osiyo grandi "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)ni qabul qiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar