Nunesga italyan grandi qiziqmoqda. "Liverpul" hujumchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar xohlaydi
08 may 14:18
Yangiliklar
Nunesga italyan grandi qiziqmoqda. "Liverpul" hujumchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar xohlaydi
Darvin Nunes faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
"Liverpul" hujumchisini "Napoli" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Inglizlar 25 yoshli futbolchi uchun 50-55 mln evro va bonuslar baholamoqda.
Shuningdek, neapolliklar yozda erkin agentga aylanadigan "Lill" azosi Jonatan Devid transferi ustida ishlamoqda. Futbolchiga boshqa klublardan, xususan "Inter"dan ham takliflar bor. Kanadalikning vakillari yuqori talablar qo'yishmoqda, ammo "Napoli" ularni shartnomaga tovon puli qo'shish orqali ko'ndirishga urinishi mumkin.
Nunes joriy mavsum APLda 27 ta o'yinda maydonga tushdi va o'z hisobiga 5 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar