So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70

Nima bo'lganda ham bu yil reglamentga tegilmasligi kerak Yangiliklar

Nima bo'lganda ham bu yil reglamentga tegilmasligi kerak

Teglar :  PFL Reglament
Sal avvalroq SHahboz Beg'amovning "Yangi PFL eski xatolarni tozalashni boshladi: Endi navbat mantiqsiz va nosog'lom raqobatni yuzaga keltirayotgan reglamentga!(mi?)" sarlavhali maqolasi chiqdi.

Maqola muallifi yangi kelgan PFL rahbariyati amalga oshirgan ilk o'zgarish - o'yin paytida murabbiylarga majburan belgilangan dress-kodning bekor qilinishini misol keltirgan holda yana boshqa bir nechta masalaga etibor qaratgan. 

Futbolda fikrlar qarama-qarshiligi bo'lgani yaxshi, busiz futbol rivojlanmaydi. Lekin shuni unutmaylikki, futbol konstituciyasi bu - Reglament. Har bir musobaqa uchun mavsum avvalida yangi reglament ishlab chiqariladi va mavsum yakuniga qadar shu bo'yicha ish olib boriladi. 

Biz bu yilgi reglamentga xolis bahoni faqat mavsum tugaganidan so'ng berishimiz mumkin. Yana shuni aytish lozim, PFLning avvalgi rahbariyati ham o'zbek futboli rivoji uchun qo'ldan kelgancha ishladi va bundan ko'z yumib bo'lmaydi. Ichki chempionatimiz ozmi-ko'pmi isloh qilindi, bir qator yangiliklar qo'shildi, maydonlar holati yaxshilandi, klublar har jabhada o'sishga erishishdi va hokazo. 

Endi dress-kod masalasiga kelsak, bu narsa murabbiylar uchun ortiqcha boshog'riq edi deya olmaymiz. Nima bo'lganda ham bosh murabbiyning zaxira o'rindig'idagilardan ajralib turgani maqul. Kimdir futbolga birinchi marta tushadi va shunda bosh murabbiy kimligini darrov payqab oladi. 

Vadim Abramovning issiqda galstuk taqishning nima keragi bor deyishi o'rinli, biroq o'yin 20:00da boshlanganida o'ylaymizki, Abramov bunday demagan bo'lardi. Umuman olganda dress-kod (kostyum-shim, galstuk) etiborga arzigulik muammo emas va buni bekor qilgan bilan nimadir o'zgarib qolmaydi. 

Endi Reglamentdagi boshqa bir band - 1997 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchining kamida 45daqiqa Superligada o'ynatilishiga kelsak, bu murabbiylar ishtirokida hal qilinadigan masala. Balki hozir bu o'zgarish foyda berayotgandir. To'g'ri, olimpiya terma jamoamiz yoshiga mos keladigan futbolchini majburan o'ynatish sog'lom raqobatga tasir qilyapti, lekin aynan shuning kelajakda o'z foydasi tegishi ham mumkin. 

O'ylamizki, PFLning hozirgi rahbari oldida birinchi navbatda kelasi mavsum uchun chiqariladigan reglament ustida ish olib borish turibdi. CHunki bu yil uchun reglament chiqqan va hamma shunga mos o'z o'yinlarni o'tkazib kelyapti. Qolaversa, mavsum yakuniga etmay reglamentni o'zgartirish avvalgi rahbariyat xatosini takrorlash bo'lib qoladi. SHunday ekan, bu yilgi mavsumni qo'limizda bor qoidalarga asosan o'tkazib olgan maqul degan fikrdamiz.

X.Xoliqov. 

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика