So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Superliga. "Bunyodkor" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Buxoro"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Superliga. "Bunyodkor" so'nggi soniyalarda urilgan gol evaziga "Buxoro"ni mag'lub etdi

Superliganing 19-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

"Bunyodkor" – "Buxoro" 2:1

17.08.2025

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Anvar Ismoilov

Nazoratchi: Valentin Kovalenko

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Edita Mirobidova

Komissar: Abdulbosit Valixonov

Gollar: 1:0 – 49, Matiya Krivokapich (Nosir Abdusalomov), 1:1 – 70, Najmiddin Normurodov (avtogol), 2:1 – 90+4, Amir To'raqulov (Matiya Krivokapich) 

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abdujalilov, 2. Nikoloz Mali, 4. Najmiddin Normurodov, 8. Martin Shroler (10. Rasul Yo'ldoshev, 76), 9. Imeda Ashortia (17. Ollobergan Karimov, 83), 15. Marko Bugarin, 21. Nosir Abdusalomov (11. Temurxo'ja Abduxoliqov, 71), 23. Asadbek Rahimjonov (57. Amir To'raqulov, 83), 25. Icuki Urata, 28. Matiya Krivokapich, 30. Sardor Abdunabiev (77. Muzaffar Olimjonov, 71)

Zaxira: 22. Valijon Rahimov, 5. Aleksandr Zevadinov, 18. Narimon Ahmadjonov, 66. Azizbek To'lqinbekov

"Buxoro": 1. Shirinboy Abdullaev, 5. Sardor Qulmatov, 17. Javohir Ro'ziev (9. Amirbek Saidov, 90+1), 22. Toma Tabatadze (19. Bilol To'pliev, 60), 25. Frane Chiryak (6. Ravshan Xayrullaev, 60), 27. Muhammad Yo'ldoshev, 77. Asilbek Qayumov (11. Ibrohim No'monov, 74), 88. Dominik Begich (10. Azizbek Amonov, 60), 93. Marko Kolakovich, 94. Frane Ikich, 97. Shahboz Jo'rabekov

Zaxira: 21. Otabek Boymurodov, 2. Izzatillo Po'latov, 8. Anvar Jo'raev, 33. Yosip Tomashovich

Ogohlantirish: Najmiddin Normurodov (40), Marko Bugarin (66)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+4. GOL! Jarimadan uzatilgan to'pni Krivokapich sherigiga oshirdi, darvoza yonginasida turgan To'raqulov chap oyoqda qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol qildi!

90+1. "Buxoro"da o'zgarish.

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shildi.

84. Malining uzatmasidan so'ng Krivokapich bosh bilan noaniq zarba yo'lladi.

83. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish.

80. To'pliev tepgan to'pni Abdujalilov egalladi.

76. "Bunyodkor"da o'zgarish.

74. "Buxoro"da o'zgarish.

71. "Bunyodkor"da ikki o'zgarish.

70. GOL! "Buxoro"ning o'ng qanotdan boshlagan hujumi avtogol bilan yakunlandi. Normurodov to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'yib, o'z darvozasiga kiritib yubordi.

67. Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasi noaniq.

66. Markazda qo'pollik sodir etgan Bugarin ogohlantirildi.

62. Zarba! Jo'rabekovning jarimadan yo'llagan zarbasini Abdujalilov qaytardi.

60. "Buxoro" tarkibida uch o'zgarish.

57. Zarba! Abdunabievning pasidan keyin raqib posboni bilan yolg'iz qolgan Krivokapich zarba yo'lladi, Abdullaev to'pni qaytardi. 

49. GOL! Abdusalomovning ajoyib pasidan so'ng "Buxoro" darvozaboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgan Matiya Krivokapich chap oyoqda aniq zarba yo'llab, hisobni ochdi!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Taym yakunlandi.

45+3. Ro'zievning zarbasi noaniq.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi.

44. Qayumov tepgan to'pni Abdujalilov egalladi.

43. Ashortianing zarbasini Abdullaev qaytardi.

43. Jo'rabekov raqib jarima maydonida yiqildi, hakam o'yinni davom ettirishga ko'rsatma berdi.

40. Tabatadzeni to'xtatib qolgan Normurodov ogohlantirildi.

38. Normurodovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq.

36. Malining o'ng qanotdan uzatmasi noaniq.

33. Shrolerning jarimadan tepgan to'pini Abdullaev ushlab oldi.

29. Ikich jarima maydoniga kirib borayotgan Krivokapichni o'tkazmadi.

26. Rahimjonovning zarbasi noaniq.

23. Bugarin Begichning pasini yo'qqa chiqardi.

19. Zarba! Jo'rabekovning o'ng qanotdan bergan pasini Qayumov chiroyli uslubda darvozaga to'g'rilamoqchi edi, Abdujalilov o'z o'rnida.

17. Shroler tepgan to'pni Abdullaev egalladi.

16. Urata yiqitildi. Jarima zarbasi.

13. Ro'zievning olisdan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi.

10. Malining ishonchli harakati sabab Tabatadze zararsizlantirildi.

9. Shrolerning o'ng qanotga kross uzatmasi noaniq, hujum besamar yakunlandi.

5. Ikki jamoa futbolchilari ishtirokida to'qnashuv sodir bo'ldi.

5. "Buxoro"ning burchak uzatmasi raqib tomonidan qaytarildi.

1. O'yinni mehmonlar boshladi.

Jamoalar maydonga chiqishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Buxoro" oq liboslarda o'ynaydi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика