So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70

JLA bosh kotibi futbol klublari rahbarlari bilan uchrashadi Yangiliklar

JLA bosh kotibi futbol klublari rahbarlari bilan uchrashadi

Ayni vaqtda Jahon ligalari associaciyasining Ligalarni rivojlantirish bo'yicha vakili Stanislav Shtipkov Toshkentda bo'lib turibdi.

O'tgan uch kun davomida mutaxassis O'zPFL faoliyatini o'rganib, uning har bir bo'limi xodimlari bilan alohida suhbat o'tkazmoqda. 


Ertaga — 12-iyun kuni tongda JLA bosh kotibi Jerom Perlemuter poytaxtimizga etib keladi. Tashrif doirasida Perlemuter O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov bilan uchrashadi. Shuningdek, 13-iyun kuni 16:30 da Wyndham mehmonxonasida O'zPFL musobaqalarida ishtirok etuvchi professional futbol klublari rahbariyati ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tadi. Unda OAV vakillarining ham bo'lishi ko'zda tutilgan.


14-iyun kuni Jerom Perlemuter, Stanislav Shtipkov, shuningdek, Chexiya hamda O'zbekiston Professional futbol ligalari rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. Anjumanda mamlakatimiz Superligasi, uni rivojlantirish yo'lida O'zPFL ishtiroki, jahonning futboli rivojlangan mamlakatlari Ligalari faoliyati va boshqa ko'plab masalalarda jurnalistlar bilan suhbat tashkil etiladi. Matbuot anjumani 11:00 da Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadi. 


Shu kuni 20:00 da mehmonlar Superliga 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" — "Paxtakor" bellashuvini stadiondan kuzatadi. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика