So’nggi yangiliklar

21:38"Милан" форварди АПЛга кўчиб ўтиши мумкин  0 21:02ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди  34 20:38Гюлер Ҳусановнинг жамоадошига айланиши мумкин  7 19:50Холанд: "Мен терма жамоада бўлганимда Норвегия ҳеч қачон саралашдан ўтмаган"  9 18:58U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Хорватияни пенальтилар сериясида мағлуб этиб, нимчорак финалга чиққан ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ   7 18:36Лондон клуби Эндрикни ижарага олмоқчи  2 17:48"Ньюкасл" "Манчестер Сити" футболчисини харид қилмоқчи  1 17:12Рейндерс: "Милан"нинг "Интер"га қарши ўйинини албатта томоша қиламан"  1 16:45Модрич: "Биз бу муваффақият билан фахрланишимиз керак"  0 16:20Мбаппе ва Зидан бир жамоада ўнайди-ми?!   3 15:55"Арсенал"нинг яна бир футболчиси термадан жароҳат билан қайтди  0 15:29Ўзбекистон Эронга қарши қандай рангдаги либосда ҳаракат қилади?  15 15:01Қозоғистондаги энг қиммат стадион? Актобедаги янги аренанинг нархи эълон қилинди  14 14:36"Барса" ёзда Левандовскининг ўрнига топ-форвардни сотиб олишни ўйламоқда, номзодлар ҳам маълум  8 14:08Каземиро: "Реал" учун қайғуришга вақтим йўқ"  4

Ichkarida kim o'tiribdi? O'qituvchilar? Chiqar hammasini tashqariga! Yangiliklar

Ichkarida kim o'tiribdi? O'qituvchilar? Chiqar hammasini tashqariga!

2025 yilning 29 iyun kuni "Bunyodkor" stadionida Superliga 14-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tishi lozim.

Biroq, mamlakatimizda shu yilning 27 iyunidan 5 iyuligacha Ayollar Osiyo Kubogi–2026 musobaqasining saralash bosqichi uchrashuvlari bo'lib o'tadi. Unda to'rtta terma jamoa qatnashishi ko'zda tutilgan. Bizdagi malumotlarga ko'ra, O'zbekiston futbol associaciyasi musobaqa boshlanishiga oz fursat qolganda ushbu saralash bosqichini aynan "Bunyodkor" stadionida o'tkazishga qaror qilgan. Shu munosabat bilan, O'FA "Bunyodkor" va "So'g'diyona" bahsiga 12 kun qolganda bu uchrashuvni boshqa stadionga ko'chirish bo'yicha tegishli tomonlarga xat bilan murojaat qilgan. Agar, uchrashuv o'tkaziladigan stadionni o'zgarsa, jamoalar 12 kun muddat ichida o'z rejalariga o'zgartirish kiritishi kerak bo'ladi. 

Ayollar Osiyo Kubogi–2026 musobaqasining saralash bosqichi uchrashuvlarining mamlakatimizda o'tishi shu yilning 26 fevral kuni elon qilingandi. O'zbekistonda o'tkazilishi to'rt oy oldin malum bo'lgan turnirga aynan "Bunyodkor" stadioni mezbonlik qilishi esa musobaqa startiga 10 kun qolganda aniq bo'ldi.

Hozirda ikki jamoaning ham Superligadagi holati havas qilgulik emas. "Bunyodkor" ham, "So'g'diyona" ham Superligada beshta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Avvalroq, saytimizda "Bunyodkor" jamoasida yomon natijalar sabab istefolar yuz berishi kutilayotgani xabar qilingandi. Klub rahbariyati va murabbiylar shtabining kursisi qimirlab turgan bir paytda, Ayollar Osiyo kubogi saralash turniri sabab "Bunyodkor" muhim uy o'yinini boshqa stadionda o'tkazishi mumkin. Bu esa mantiqqa sig'maydi.

Avvallari, Jahon chempionatiga chiqishni maqsad qilgan O'zbekiston milliy terma jamoasining yig'inlari sabab o'z taqvimiga o'zgartirish kiritgani uchun PFL ko'p tanqidlarga uchrardi. Aftidan, xatto Ayollar Osiyo kubogi saralash o'yinlari ham milliy chempionatimiz va undagi klublar manfaatidan ustunroq qo'yilmoqda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика