So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  0 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Tahlil. "Qo'qon-1912" uyg'onyaptimi? Yangiliklar

Tahlil. "Qo'qon-1912" uyg'onyaptimi?

Superliganing turnir jadvalida xavfli zonada turgan "Qo'qon-1912"ning so'nggi ikki turdagi o'yinlari jamoa atrofida ijobiy kayfiyat uyg'otdi.

Agar birinchi davraning so'nggi qismida ko'pchilik "shunqorlar"dan faqat omon qolish uchun kurash kutayotgan bo'lsa, bugun maydonda jamoada umid uchqunlari uyg'onmoqda. Ruhiy ko'tarinkilik, yozgi transferlarning samarasi va boshqa omillar uyg'unligida ketma-ket 2 g'alaba qo'lga kiritildi.

Sifatli transferlar samarasi

"Qo'qon-1912" yozgi transferlar oynasida kam, lekin sifatli, foydali futbolchilarni o'z safiga qo'shib oldi. Shohruh Gadoev, Kleydi Daci, Muhriddin Pazildinovlar shular jumlasidan. Ayniqsa, Gadoev mahorat va tajribasi bobida jamoasida yaqqol ajralib turibdi: oldingi chiziqda etakchilikni qo'lga oldi, hujumga rang-baranglik qo'shdi. "Qo'qon-1912" birinchi davraning dastlabki 4 ta o'yinida 2 ta gol urgan bo'lsa, ikkinchi davrada bu ko'rsatkich 5 tani tashkil qilmoqda. Oldinda realizaciya uyg'ondi.


G'alabalar ortidan kelayotgan ruhiy tiklanish

O'tgan turda G'uzorda "Sho'rtan" ustidan qo'lga kiritilgan g'alaba ruhiy jihatdan tetiklik bergani ko'rinib turibdi. Bugun mezbon futbolchilari har bir zonada, poziciyalarda o'ta kuchli ishonch va aniqlik bilan harakat qilishdi, raqibga bo'sh hududlar qoldirishmadi. Odatda ketma-ket mag'lubiyatlar girdobidagi jamoaning harakatlarida qandaydir tushunarsizlik, sarosima kuzatiladi. Bu futbolchining harakatida sezilib qoladi. "Qo'qon-1912" esa bu borada sekin-asta o'ziga kelyapti. G'alabalardan biri jon saqlash yo'lidagi "Sho'rtan" ustidan qo'lga kiritilgan bo'lsa, ikkinchisi jadvalda o'zidan yuqoridagi jamoa bilan bahsda nishonlandi. Bu erda gap raqiblarda emas, g'alaba va undan o'ziga kelayotgan jamoaning ruhida.


Taktik yurish, ikkinchi bo'limda yo'qolib qolgan "Surxon"

"Surxon" bugun umuman o'ziga o'xshagani yo'q. Garchi maydon egalari ikkinchi bo'limda ko'proq hisobni ushlashga, orqada kamroq xato qilish rejasiga o'tgan bo'lsa-da, termizliklar bundan foydalana olmadi. Hisobni ushlash va o'yinni nazorat qilish o'rtasida farq bor. "Qo'qon-1912" shunchaki yotib olmadi, balki vaziyatni nazorat qilib bordi. Kerakli epizodlarda oldinga o'tdi, xavfli vaziyatlar yaratdi. 6 ta zarbadan 3 tasi aniq bordi, 1 tasi gol bilan yakunlandi. "Surxon" ikkinchi bo'limda raqibi darvozasi oldida keskinlik yaratgani yo'q, darvozaga ham aniq zarba yo'llamadi.

Bahrom Haydarov zaxira almashtirishlari evaziga o'ziga xos taktik yurishni qildi va yarim himoyani mustahkamladi. Bugun ko'proq yuk yarim himoyachilarga tushdi. Aynan ular raqibni maydon markazidayoq qarshi olishga harakat qilishdi va uddalashdi. Ikkinchi gol to'liq zaxira futbolchilariniki bo'ldi: Isaqovdan kelgan to'pni Xolto'raev egalladi va Pazildinovga oshirdi, u esa qulay poziciyaga Husanovga etkazib berdi. Men kuzatgan o'yinlardan kelib chiqsak, "Surxon" bu yildagi eng yomon ikkinchi bo'limni o'tkazdi.

Qo'qonda yangi Javohir paydo bo'ldimi?

Qo'qonda Javohirlar kashf qilinadi desam, ishonasizmi? 2016 yil "Paxtakor" zaxirasidagi Javohir Sidiqovni taklif qilib, uni ommaga tanitgan "Qo'qon-1912" edi. Sidiqov o'zining potencialini, nimalarga qodirligini aynan Qo'qonda namoyon qilgandi. Oradan 9 yil o'tib, yana bir Javohir – Husanov kashf bo'lib bormoqda. Bahrom Haydarov undan zaxira quroli sifatida foydalanyapti. Ha, "Bunyodkor" bilan qo'lga kiritilgan g'alaba, "Neftchi" bilan zaxiradan tushib hisobni tenglashtirgan golga assistentlik qilish va bugun "Surxon"ga yakuniy nuqtani qo'yish.

Bo'lajak o'yinlar taqvimi

"Qo'qon-1912"ning taqvimiga qaraymiz. Ochkolar sonini 18 taga etkazib olgan "shunqorlar" xotirjamlikka berilishiga haqqi yo'q, chunki hali xavfli hududdan uzoqlashmagan.

21 avgust. "Buxoro" – "Qo'qon-1912"

13 sentyabr. "Qo'qon-1912" – "Qizilqum"

20 sentyabr. "Xorazm" – "Qo'qon-1912"

2 ta raqib jadvaldagi asosiy raqobatchilar hisoblanadi.


Darvozabon – yarim jamoa

"Qo'qon-1912"da shunday futbolchi bor. Garchi bu yil ko'p gol o'tkazayotgan bo'lsa-da, Azizxon Isaqov Superligada eng ko'p seyv qilish bo'yicha ikkinchi darvozabon bo'lib turibdi. Uning hisobida 18 ta o'yinda 64 ta seyv bor. Kiper o'yinlar davomida ko'plab vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qolmoqda. Bundan tashqari uning hisobidagi quruq o'yinlari soni 5 taga etdi. Faqatgina bugungi zamonaviy futbol talabi hisoblangan oyoqda o'ynashda ham yaxshi holatga chiqib olsa, u terma jamoaga ham chaqirilishi mumkin. 

Bu fikrlar yakuniy xulosa ekanligini bildirmaydi, balki jamoaning 2 ta o'yini va ayni paytdagi holatini ifodalaydi. Futbolda keyingi o'yin har doim muhim hisoblanadi, chunki unda barchasi teskarisiga o'zgarib ketishi mumkin. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика