Neymarga Angliya klubi qiziqish bildirmoqda, parijliklar undan qutulmoqchi
27 may 2022 19:27
Yangiliklar
Neymarga Angliya klubi qiziqish bildirmoqda, parijliklar undan qutulmoqchi
ESPN nashrining o'z manbalariga tayanib xabar berishicha, francuz klubi kelgusi transfer oynasida hujumchi bilan xayrlashishga tayyor. PSJ Kilian Mbappe bilan shartnoma muddatini uzaytirgach, Neymardan qutulishni rejalashtirgan.
Braziliyalik futbolchi o'tgan yili PSJ bilan shartnomasini uzaytirgandi. Uning shartnoma muddati yana 3 yil davom etadi, ammo PSJ uni yozda sotishga umid qilmoqda.
Yaqin kunlarda parijliklar sport direktori lavozimini egallaydigan Luish Kampush PSJda yosh futbolchilardan iborat yangi jamoa qurmoqchi. U allaqachon tarkibni shakllantirish ustida ishlay boshlagan. Klub yangi kelganlar bilan shartnoma imzolashi uchun kimnidir sotishi kerak.
Biroq Neymarning yiliga 35 million evroni tashkil qiladigan katta maoshi transferga to'sqinlik qilishi mumkin.
Qayd etilishicha, hujumchiga Londonning "CHelsi" klubi ancha vaqtdan beri qiziqish bildirmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar